Ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham dolzarb vazifa bo‘lib qoladi

21.07.2023, 11:06

Ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham dolzarb vazifa bo‘lib qoladi

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi o‘ta pishiq va puxta ekani e’tirofga loyiq. Unda suv resurslari muammosi kelgusi o‘n yillikda mintaqamiz va mamlakatimiz uchun eng dolzarb masala bo‘lib qolishi ta’kidlanib, bugungi kunda 70 foiz yerlar eski usulda sug‘orilayotgani, 60 foiz kanallar betonlanmagani oqibatida yiliga 16 milliard metr kub suv yo‘qotilayotgani, shu sababli, sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlari jadallashtirilishi belgilangan edi.

Prezidentimiz lavozimga kirishish marosimida dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani ham barqaror rivojlanishga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytib, ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham dolzarb vazifa bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

Sohada tizimli ishlar, chora-tadbirlar belgilangan, belgilanmoqda. Ularni amalga oshirish uchun esa albatta mas’uliyatni ko‘p karra oshirishimiz zarur.

Ravshan MAMUTOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    61
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+