Kelgusi yetti yilda aniq maqsad, reja va dasturlar asosida ish olib boriladi
21.07.2023, 11:10

Shu yil yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiyamizda yangi O’zbekiston ijtimoiy davlat degan maqom mustahkamlandi. Bu – bag‘rikeng, olijanob va mehnatkash xalqimiz uchun ulkan yutuq. Chunki yangilangan konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari uch barobar ko‘paytirildi.
Prezidentimizning saylovoldi dasturida, birinchi navbatda, ayni sohaga urg‘u berilganini kuzatish, ko‘rish mumkin. Unda konstitutsiyaviy qoida va talablardan kelib chiqib, adolatli ijtimoiy siyosatni yuritish – Yangi O’zbekistonni barpo etishning asosiy omillaridan biri etib belgilangan. Saylovoldi uchrashuvlarda ham ta’lim, tibbiyot va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha davlat o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun bu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bot-bot takrorlandi.
Prezidentimiz lavozimga kirishish marosimida saylovchilar bilan bo‘lgan barcha uchrashuvlarda hayotimizni yaxshilash, uni har tomonlama erkinlashtirish haqida odamlarimizning juda ko‘plab fikr-mulohazalari, taklif va talablari bilan yaqindan tanishgani, ularning asosiy qismi hozir ishlab chiqilayotgan taraqqiyot dasturidan albatta o‘rin olishini aytdi. Demak, kelgusi yetti yilda ham aniq maqsad, reja va dasturlar asosida ish olib boriladi.
Mavluda XO’JAYEVA,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari
O'xshash yangiliklar
-
Axborot texnologiyalari: yoshlar uchun madad va rag‘bat
30.11.2023, 10:02
-
Murojaatlar ortida inson taqdiri bor
30.11.2023, 09:58
-
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti – global ahamiyatga molik o‘zaro bog‘liqlik markazi
27.11.2023, 09:22
-
Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi
10.11.2023, 15:58
-
Hosildorlik bo‘yicha O’zbekiston – birinchi! Natijadorlik ham chakkimas
09.11.2023, 12:37
Fikringizni qoldiring