Tadbirkorlik sohasidagi o‘zgarishlar to‘xtab qolmaydi, aksincha, yangi bosqichga ko‘tariladi
21.07.2023, 11:17

Yurtboshimizning tadbirkorlarga ishonchi naqadar yuksakligini o‘tgan yetti yil to‘la isbotladi. Sohadagi yangilanish va o‘sish, raqamlarni qayta takrorlashga zarurat yo‘q, deb o‘ylayman.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, Prezidentimizning saylovoldi dasturida ham bu borada katta maqsadlar belgilangan. Jumladan, tadbirkorlarga ijtimoiy sheriklik asosida kambag‘al toifa uchun bandlik dasturlarini amalga oshirishda qo‘shimcha imtiyoz va rag‘batlar berish tartibini ishlab chiqib, bunga har yili kamida 1 milliard dollar yo‘naltirish bo‘yicha barcha kuch va harakatlar safarbar etilishi ma’lum qilingandi.
Davlatimiz rahbarining lavozimga kirishish tantanali marosimidagi nutqida tadbirkorlik uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratib, yangi-yangi ish o‘rinlari ochish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini oshirish e’tibor markazida bo‘lishi aytildi. Bu ham sohadagi o‘zgarishlar to‘xtab qolmasligiga, aksincha, yangi bosqichga ko‘tarilishiga asosdir.
Dilshod ShOUMAROV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlarni noqonuniy tekshirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi
27.11.2023, 17:56
-
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti – global ahamiyatga molik o‘zaro bog‘liqlik markazi
27.11.2023, 09:22
-
Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi
10.11.2023, 15:58
-
Hosildorlik bo‘yicha O’zbekiston – birinchi! Natijadorlik ham chakkimas
09.11.2023, 12:37
-
Xalq ishonchi – yuksak mas’uliyat
07.11.2023, 18:08
Fikringizni qoldiring