O‘zLiDeP faollari ko‘magida Ahmadjon Rahmatov o‘z xonadonida tadbirkorlik faoliyatini boshladi

06.04.2018, 12:16

O‘zLiDeP faollari ko‘magida Ahmadjon Rahmatov o‘z xonadonida tadbirkorlik faoliyatini boshladi

“O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida partiya Pop tuman Kengashi xodimlari va Ibn Sino davlat o‘rmon xo‘jaligi qoshidagi quyi bo‘g‘in a’zolari “Boyon” MFYda bo‘ldilar.

Tashrif chog‘ida partiya faollari, xalq deputatlari Pop tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda BPT a’zolari aholi xonadonlariga borib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan oilalarga issiqxona tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, maslahatlar berdi.

– Ilgari kundalik ehtiyoj uchun zarur pomidor, bodring yoki boshqa rezavorlarni bozordan xarid qilardik, – deydi “Boyon” MFYda yashovchi Ahmadjon Rahmatov. – O‘zLiDeP faollariga rahmat, ularning tashabbusi bilan o‘z tomorqamizda issiqxona tashkil etdik. Endi ushbu issiqxonada yurtdoshlarimiz dasturxoniga sifatli bodring va pomidor mahsulotlarini yetkazib berish bilan bir qatorda farzandlarimizni ham  ish bilan ta’minladik.    

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida tumandagi “Boyon”, “Istiqlol”, “Qo‘shminor” va “Maydon”  mahallalaridagi  62 dan ortiq honadonlarda o‘z tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha maslahatlar berildi.  

Farruh BOTIROV,

O‘zLiDeP Pop tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1505
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошкент шаҳри - "Новагро" МЧЖ даги БПТ2018-04-25 10:00:29

Фикрингизга қўшиламан Ж.Хазратқулов. Лекин ҳамма нарсани ҳам арзон деб бўлмайди. Айрим етиштирилган маҳсулотларни сотиб олишга ҳар кимнинг ҳам қурби келмайди


Хазраткулов Жалилбек2018-04-24 10:01:14

Ҳақиқатдан ҳам бугунги кунда ахоли томорқаларида иссиқхоналарнинг қурилиши нафақат ўз эҳтиёжи учун балки ахолини арзон ва сифатли мевалар, сабзовотлар етиштириш назарда тутилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+