“Chekka hududdagi tadbirkor kamroq soliq to‘lashi kerak” namanganlik tadbirkor ana shunday taklifni o‘rtaga tashladi

06.04.2018, 12:20

“Chekka hududdagi tadbirkor kamroq soliq to‘lashi kerak” namanganlik tadbirkor ana shunday taklifni o‘rtaga tashladi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Prezidentimizning 2018 yil 13 fevraldagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq, soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga taklif kiritish maqsadida ochiq muloqat tashkil etildi.

Muloqotda soliq yukini kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligining maksimal darajada shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini tashkil etish, zamonaviy innovatsion g‘oyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish asosida soliq solish bazasini kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

–Tumanlarni boqimandalik (dotatsiya)dan chiqarish maqsadida tadbirkorlardan undirilayotgan daromad solig‘ini hudud infratuzilmasiga qarab tabaqalashtirilgan stavka tarzida belgilash kerak, – deydi  tadbirkor Azimjon Nurmatov. – Natijada olis hududlarda tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, eng muhimi aholi turmush farovonligi yaxshilanadi.

Tadbir yakunida bildirilgan fikrlar yuzasidan soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga takliflar kiritish belgilab olindi.

Yulduz YULDASHEVA,

                                             O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+