Kasbilik tadbirkorlarga “O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
25.09.2023, 17:11

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri Rustam Poshshayev, Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari A.Sherov va partiya vakillari, deputatlar Kasbi tumanidagi bir qator tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan partiya a’zolari bilan muloqot qilishdi.
-Jamiyatimizga 10 gektar yer ajratilgan bo‘lib, parrandachilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etganmiz, - deydi “Green Agro Point” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari, tadbirkor Obidjon Qarshiyev. - Loyiha qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, bank kredit va o‘z mablag‘imizdan amalga oshirdik. Tuxum ishlab chiqarishni yana 50 ming donaga ko‘paytiramiz. Xitoy davlatidan olib kelingan texnologiya asosida 1 gektar yerda pomidor, bodring yetishtirayapmiz. Jamiyatimizda 38 nafar yoshlar doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan.
Ishchi guruh a’zorlari tumanda faoliyat olib borayotgan bir qator tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandchilik markazlari bo‘lishib, “O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, erishiladigan natijalar, yutuqlar, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, vertikal tizimni yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning kuch-g‘ayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish haqida so‘z yuritdilar.
-Tumanimizda joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida 313 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, 461 ta yangi ish o‘rni yaratildi, -deydi O’zLiDeP Kasbi tuman kengashi raisi, deputat Nasrullo Xudoyberdiyev. – Deputatlar ko‘magida 842 gektar kam ta’minlangan oilalarga ajratilib, 1746 ta fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Partiyaviy loyihalar asosida 994 nafar yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi. Ular o‘z qishloq va mahallalarida tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishdi. Qisqa fursatda 71 ta mikroloyihalarni ishga tushirdik. 246 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ham iqtisodiy, ham ma’naviy yordam berildi. Moliya muassasalaridan aholiga 48,1 mlrd. so‘m kredit ajratilib, 2 162 nafar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi. 86 nafar kambag‘al oilalar uchun 356,5 mln so‘m subsidiya ajratildi. 5 304 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashgan bo‘lsa, 9 370 nafar aholi o‘zini o‘zi band qildi. Biz deputatlar 20 177 ta fuqarolar bandligini ta’minlab, ro‘zg‘orlariga baraka kiritish baxtiga muyassar aylaganimiz bilan faxrlanamiz. Partiyamizning 20 yilligi arafasida bu tumandoshlarimizga munosib tuhfa bo‘ldi, desam yanglishmayman.
O'xshash yangiliklar
-
Partiyaning qutlug‘ yoshini nishonlash tadbirlari xayrli ishlarga ulanib ketdi
30.11.2023, 11:10
-
Bunyodkorlik, bosh reja va sifat nazorati muhim
30.11.2023, 10:48
-
Axborot texnologiyalari: yoshlar uchun madad va rag‘bat
30.11.2023, 10:02
-
Murojaatlar ortida inson taqdiri bor
30.11.2023, 09:58
-
O’rganish, izlanish va natija
30.11.2023, 09:50
Fikringizni qoldiring