Biz - tashabbuskor va fidoyilar safidamiz

08.11.2023, 17:01

Biz -  tashabbuskor va fidoyilar safidamiz

Bu yil tadbirkorlar, ishbilarmonlar, fermerlar, xususiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy sahnaga chiqqan O’zLiDePning 20 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan joylarda bir qator partiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri partiya Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida “Biz -  tashabbuskor va fidoyilar safidamiz” shiori ostida o‘tkazildi.

O’zLiDeP tashkil etilgan 2003 yil yurtimiz tarixi zarvaraqlaridan mustahkam o‘rin olgani shubhasiz. Negaki, o‘tgan yillar davomida ushbu partiya chindanda xalqimiz manfaatlarini himoya qilishda, xususan tadbirkor, fermer va hunarmandlarning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda yetakchi partiya sifatida o‘zini namoyon eta oldi. O’tgan yillar davomida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida faqat O’zLiDeP nomzodining g‘alaba qozonib kelayotganligi barcha yurtdoshlarimiz va saylovchilarning ushbu siyosiy tuzilmaga bo‘lgan yuksak ishonchidan darak berib turibdi.

Partiyaning Qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalari va ularning amaldagi natijasi yosh avlod vakillari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganligi ham sir emas.

Davra suhbati yakunida so‘z olgan institut prorektori Fayzullo Hamidov ko‘ppartiyaviylik sharoitida jamiyatimizda ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlar inson va uning manfaatlariga qaratilganligini ta’kidlab O’zLiDeP bu borada hamisha peshqadam bo‘lib kelayotganini e’tirof etdi. O’z safiga tashabbuskor va fidoiy insonlarni birlashtirgan ushbu partiyaning bundan keyingi faoliyati yanada samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Tadbir doirasida O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilishni so‘rab murojaat etgan yoshlarning 10 nafariga a’zolik guvohnomalari hamda shahar partiya tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+