O`zLiDeP tarafdorlari safi tobora kengayib bormoqda

08.11.2023, 17:02

O`zLiDeP tarafdorlari safi tobora kengayib bormoqda

Buxoro davlat universitetida 15 noyabr - O’zLiDeP tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan “O`zLiDeP- tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda “Ayollar qanoti” faollari, BPT raislari, tadbirkor, ishbilarmon va fermer xotin-qizlar, tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan talaba-qizlar hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbirni O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilbar Axmedova kirish so‘zi bilan ochib, O’zLiDeP o‘zining asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar, ishbilarmon va fermerlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi o‘rni, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, Uchinchi Renesans poydevorini yaratishdek tarixiy jarayonga hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ta’minlashda qo‘shayotgan hissasi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, “O’zbekiston-2030” strategiyasining 25- maqsadi ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bu orqali ularning bandligini ta’minlash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan pedagogika fanlari doktori, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Nargiza Dilova, O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi bo‘limi mudiri Robiya Salixova, partiya faollaridan Zebo Ne’matova, Zamira Jo‘rayeva va boshqalar O'zLiDePning 20 yilligi keng nishonlanayotganligini ushbu siyosiy tuzilma yetakchi partiya sifatida nafaqat o‘z elektorati, balki jamiyatimizdagi turli sohalarning huquq va manfaatlarini ham himoya qilib kelayotganligini, shu bois uning tarafdorlari safi tobora kengayib borayotganligini ta’kidladilar. Bundan keyin ham uning hayotbaxsh dasturlari yurt ravnaqi, el farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

 Tadbir doirasida O'zLiDePning dasturiy va g‘oya maqsadlari bilan tanishgan talaba- qizlarning 5 nafari partiya safiga qabul qilinib ularga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    116
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+