Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi

10.11.2023, 15:52

Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi

O‘zLiDeP Andijon viloyati hamda Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi “Ayollar qanoti” bilan hamkorlikda “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida tumandagi “Yagona Sharq zamini” xususiy korxonasida faoliyat olib borayotgan BPTda “Ayollar daftari”da turgan  xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

“Yagona Sharq zamini” xususiy korxonasi 2008 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab 4 nafar kishi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda bu yerda 70 nafar ehtiyojmand ayollar doimiy ish bilan ta’minlangan. Xususiy korxona dastlab sut-qatiq mahsulotlarini qayta ishlashdan boshlagan bo‘lsa, hozirga kelib 8 turdagi sut mahsulotlari, 30 dan ortiq kanditer mahsulotlari  tayyorlanib aholiga xizmat qilib kelishmoqda.

Mahorat darsi tinglovchilari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad mahallalardagi ishsiz, kam ta’minlangan, ehtiyojmand xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Shu kuni bu yerda o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, partiya “Ayollar qanoti” ning istiqbolli loyihalari bo‘yicha batafsil so‘z yuritildi. O’z faoliyatini partiya a’zosi sifatida davom ettirish istagida bo‘lgan 7 nafar  xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindilar. MChJ huzurida faoliyat yuritayotgan BPTning yangi a’zolari bilan safi kengaydi

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+