Karmanalik tadbirkorlar 2 sotix yerdan 15 million daromad olyapti

10.04.2018, 18:48

Karmanalik tadbirkorlar 2 sotix yerdan 15 million daromad olyapti

Karmana tumanidagi Jaloyir qishlog‘i azaldan ishbilarmon va tadbirkorlari bilan nom qozongan. Hozirda hududda tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta’minlash bilan birga, el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan omilkorlar ko‘p. 

“Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sherali Mustafoyev ham ana shunday omilkorlardan biri. Chunki tinim tinchimas bu tadbirkor ikki sotixlik issiqxonasidan yiliga 12-15 million so‘mga yaqin daromad oladi.

— Yaxshi mehnat qilinsa, serhosil yerimizdan 2-3 martagacha hosil olish mumkin, — deydi u. –Sababi, bizning iqlim sharoitimiz yil davomida  dexqonchilik   qilish  imkonini beradi. Biz ham tomorqamizdan ikki sotix yerga issiqxona tashkil etganmiz. Har yili pomidor, bodring va boshqa urug‘lar ekib, mo‘l hosil olamiz. Eng muhimi, bolalarimizga halol mehnat bilan yashashni o‘rgatyapmiz.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, bugungi davr, yangicha yashash boqimandalik kayfiyatini yoqlamaydi. Shunday ekan, siz ham o‘z hovlingizda issiqxona tashkil etib, oilangiz daromadi, yurtingiz ravnaqiga  hissa  qo‘shing!  

M.HAMROYEV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1937
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+