Joriy yilda “Paxtakorteks”da 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

10.04.2018, 19:02

Joriy yilda “Paxtakorteks”da  300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi “Paxtakorteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida barpo etilayotgan O‘zbekiston – Shveysariya qo‘shma korxonasi bir kunda 24 tonna, yil davomida esa 9 ming tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Kalava ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan 22 million 500 ming AQSh dollari qiymatidagi mablag‘ning 60 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

– Korxonada o‘tgan yil iyun oyidan boshlab qurilish ishlari boshlangan edi, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Alisher Fozilov. – Ayni paytda bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bunday yirik loyihalar barpo etilayotgan hududlarda yangi infratuzilma shakllanishi sir emas. Bundan tashqari, korxona ish boshlasa, ko‘plab kichik biznes sub’ektlarini tashkil etishga ham keng imkoniyat yaratiladi. Eng muhimi, joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan korxonada 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqarish rejalashtirilgan.

Saida UMARALIYEVA,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+