Tadbirkorga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan bosim bartaraf qilindi

10.04.2018, 19:47

Tadbirkorga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan bosim bartaraf qilindi

Nargizaxon Nazarova izboskanlik. U parrandachilik yo‘nalishida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida edi. Biroq... ayni vaqtda uning xafsalasi pir bo‘lganday. O‘zi yashayotgan “Oq oltin” mahallasi orqali allaqachon tovuq kataklar berilgan, ammo parrandaning o‘zidan darak yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramay, mutasaddi bank fuqaroga 5 million so‘m qarzdorlik chiqargan, undirilishi yuzasidan bo‘layotgan talabga esa Nargizaxon Nazarovaning boshi qotgan. Murojaatlariga befarq qarayotgan mutasaddilardan zada bo‘lgan fuqaro O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan tashkil qilingan “Hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi amaliy muloqotga umid bilan keldi. O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi, Respublika savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi, qator banklar mutasaddilar va viloyatdagi yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etgan  mazkur tadbirda uning muammosi joyida hal etildi. N. Nazarovaning murojaati Markaziy bank tomonidan nazoratga olindi.

-2014 yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganman, - deydi xonobodlik Gulnozaxon ona Shokirova. – Ko‘rpa-to‘shak tayyorlab ichki bozorga ham buyurtma asosida aholiga yetkazib beraman. Faoliyatimni kengaytirish uchun bankka kredit olish maqsadida kerakli hujjatlarni topshirganimga ancha bo‘lgan. Biroq xaligacha bu borada menga ijobiy javob berilmadi.

Fuqaroning murojaati o‘z joyida Markaziy bank mutasaddisi tomonidan hal etildi.

Ravshanbek ABDURAHIMOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

huzuridagi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1741
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жобборкул Тошкулов O'zLiDeP Ширин2018-05-29 09:32:45

O'zLiDeP Ширин шахар Кенгаши томонидан Ширин шахрида ўз фаолияти билан тадбиркорлик қилаётган иссиқхона эгалари Тадбиркор ишбилармон Шоирбек. Бозоров ҳамда Шухратбек Бўтановлар "Бону Жавохир" МЧЖ да фаолияти давомида Ширин шахар МИБ ходимлари томонидан текширилган вақтида муомилла маданиятини тўғрирламасдан қўпол равишда фикр юритишиб ҳамда ноқонуний хатти-харакатлари билан тадбиркорнинг шахсиятига тегишган бу билан тадбиркорларга қўпол муомиладда бўлиб маданият-муомиллаларини тўғирлашини илтимос қиламиз.


Равшанов Шерзод O’zLiDeP Қарши туман Кенгаши ходими. 2018-05-08 13:29:45

Юртимизнинг барча ҳудудларида, ҳар ойнинг бир кунини тадбиркорлик куни ташкил этишимиз керак. бунда ОАВ тегишли мутасадди ташкилот раҳбарларининг фаол иштироки таъминланиши лозим. Бунда аксарият ёшларимизни энди тадбиркорлик қилиш мақсадида бўлганларини қўллаб қувватлашимиз ва унинг илк босқичлари ҳақида қисқача маълумот олишларига амалий ёрдам берган бўлардик


Тадбиркор2018-04-21 11:45:00

Тадбиркорлар ҳуқуқи ҳимоя қилинса-халқ бой бўлади. УзЛиДеПдан фаоллик кутамиз!


Fikringizni qoldiring

+