Bunyodkorlik, bosh reja va sifat nazorati muhim

30.11.2023, 10:48

Bunyodkorlik, bosh reja va sifat nazorati muhim

O’zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental hotel”da “O’zbekiston – 2030” strategiyasining hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy- joy bilan ta’minlash darajasini oshirish (60-maqsad) borasida belgilangan vazifalar bajarilishi­ni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirni mazkur tashkilot xo­dimlari hamda tilga olingan yo‘na­lishdagi chora-tadbirlar amal­ga oshirilishiga ko‘maklashish va jamoatchilik nazoratini olib bo­rish bo‘yicha tuzilgan O‘zLiDeP ishchi guruhi a’zolari olib bordilar.

Taklif qilingan mas’ul vazir­lik va idoralar vakillari vazifa­larning bajarilishi bo‘yicha atrof­licha ma’lumot berdilar.

Xususan, Samarqand va Na­mangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha ishlar jadal sur’atda olib borilyapti. Oliy Majlis Senatining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahrining Dav­latobod tumani, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Samarqand shahri bo‘yicha “Sa­marqand viloyatining Oqdaryo, Past­darg‘om, Samarqand, Toyloq tu­manlari hamda Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sug‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlari­ni tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risida”gi qa­rorlari loyihalari ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik pala­tasi va Senatga taqdim etilgan.

Shuningdek, hududlarni rivojlantirishning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Turkiya, Nider­landiya, Belarus davlatlarining yetakchi korxonalari bilan qiymati 256 mlrd so‘mlik shartnomalar imzo­landi. Shu yili 90 923 ta xonadonli 2 012 ta qurilajak uylarning man­zilli ro‘yxati shakllantirilgani ham diqqatga molik.

Bugungi kunga qadar “Yangi O’z­bekiston” massivlarida 6 ming 157 ta xonadonli 221 ta uy-joy, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hu­dudlarda 18 ming 244 ta xonadonli 389 ta uy-joy foydalanishga top­shirildi.

Ta’kidlanganidek, barpo etila­yotgan ko‘p qavatli uylarning qavat­liligi oshib bormoqda. O’tgan yilda qurilgan uylarning o‘rtacha qavatli­ligi 5 qavatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 7 qavat­ga to‘g‘ri kelmoqda. Aholi ijtimoiy sharoiti tahlili odamlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash bugungi kunning asosiy talabi ekanini ko‘r­satyapti.

Joriy yil davomida 32 146 ta qurilish ob’ekti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘­lib, ularda 55 321 marotaba nazorat ishlari amalga oshirilgan. Hududiy qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan 51 ming 912 ta yozma ko‘r­satmalar berilib, 35 ming 992 tasi bartaraf etilgan.

Qurilishda aniqlangan qonun­buzilishlar natijasida 4 ming 918 nafar (shundan 1 215 ta pudratchi, 3 105 ta buyurtmachi va 598 ta loyiha tashkilotlari) mansabdor shaxslar­ga nisbatan ma’muriy choralar qo‘l­lanilgan. 1 257 ta ob’ektda quri­lish-montaj ishlari to‘xtatilib, 395 tasida buzdirish ishlari olib bo­rilgan.

Yig‘ilish qatnashchilari qayd etganidek, qurilish ishlari hajmining oshib borishi bilan qo­nunbuzarliklar oldini olish, si­fatli ob’ektlarni barpo etish, qurilgan binolarning insonlar uchun xavfsiz bo‘lishini ta’min­lash masalalari tobora dolzarblashib boradi.

Tadbir yakunida partiyamiz fa­ollari vazirlik va idoralar bi­lan birgalikda qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash, aholi uchun arzon uy-joylar barpo etilishida uzluksiz jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va boshqa ishlarni hamkorlikda tashkil qi­lishga kelishib olishdi.

Baxtiyor RUHIDDINOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi mudiri, ishchi guruh rahbari

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+