Bosh Qomusimiz – farovon hayot va taraqqiyotimiz poydevori

07.12.2023, 18:49

Bosh Qomusimiz – farovon hayot va taraqqiyotimiz poydevori

Tuproqqal’a tumanidagi “UzAutoMotors” AJ Xorazm viloyat filialida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda uning normalarini hayotga tatbiq qilinishi mavzusida tadbir o‘tkazildi. “Qomusimiz – farovon hayot va taraqqiyotimiz poydevori” nomli mazkur tadbirda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Yakubov, partiya viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayev, partiya faoli, korxona rahbari S.Jumaniyozov va korxonadagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari  ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z chiqqanlar Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati, inson qadr-qimmati va huquqlari, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishining yanada mustahkamlanishi, ta’lim sohasi yuksalishi, ayollar, yoshlar, mahallalarning jamiyatimizdagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, yangilangan Konstitutsiyada partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatiga xizmat qiladigan bir qancha yangi normalar aks etganligi ham aytib o‘tildi.

Bosh qomusimizda tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, adolatli soliq tizimini yo‘lga qo‘yish, monopolistik faoliyatni cheklash orqali tom ma’noda erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun barqaror asos yaratildi. Mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi mustahkamlandi. Mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlandi. Bu iqtisodiyot barqaror o‘sishi, farovon hayotimiz tayanchi hisoblangan tadbirkor va ishbilarmonlarimizning erkin faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratadi.

Tadbir yakunida bir guruh partiya faollariga partiyaning tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+