Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – milliy iqtisodiyot barqarorligining asosi

07.12.2023, 18:52

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – milliy iqtisodiyot  barqarorligining asosi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida O’zLiDePning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun juda ko‘p muhim normalar joriy etildi.

Jumladan:

- tadbirkorlar har qanday faoliyotni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi;

- tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanganligi;

- davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlashi;

- bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanishi;

- barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jixatdan himoya qilinishi ta’minlanishi;

- davlat halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi;

- monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinishi;

- yer xususiy mulk bo‘lishi;

- intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi kabi muhim normalar joriy etildi.  

Ayniqsa, undagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar juda yuqori samara bermoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari hamda mahalliy Kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari mamlakatimizda olib borilayotgan izchil va inqilobiy islohotlarni amalga oshirishda nafaqat deputatlik nazorati, balki, ijro organlariga hamkor sifatida faoliyat olib borishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Bu Milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini yanada oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ya’ni, mamlakatimiz investitsion jozibadorligini yanada oshirib, barcha hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib, yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

G’ayrat Turg‘unov,

O’zLiDeP SKIQ deputatlik birlashmalari

bilan ishlash sektori mudiri,

OMQP O’zLiDeP fraksiyasi ijrochi kotibi    

  • Ko'rildi
    85
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+