Mahallalarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

07.02.2024, 14:12

Mahallalarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘ng‘irot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari A.Allambergenovning aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili kambag‘allikni qisqartirish  yo‘nalishida  4 ming 723 yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 6 ming 229 taga (132 foizga) bajarilgan.

Ishsiz fuqarolarni doimii ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘lim tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Tuman hokimligi, prokuratura, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan o‘tgan yilning o‘zida 9 ta mehnat yarmarkalari tashkil qilingan. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 106 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘llanma olgan bo‘lsa, shundan 104 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. 22 nafar fuqaroning uy sharoitida bandligi ta’minlanib, 162,0 million so‘mlik subsidiya ajratildi.

Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning bilimini oshirish maqsadida ishsiz fuqarolardan 1 ming 317 nafari kasbga o‘qitildi.  Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 9 oy davomida tuman bo‘yicha 460 ta yuridik va 234 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, yangi ish o‘rinlari  tashkil qilindi va mahallalarda ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha deputatlarning tanqidiy-tahliliy fikr va takliflari bildirildi, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    50
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+