Respublika ishchi guruhi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ishlar bilan tanishdi

08.02.2024, 17:58

Respublika ishchi guruhi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ishlar bilan tanishdi

“O’zbekiston - 2030” Strategiyasining 29-maqsadda ko‘zda tutilgan fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida, Partiya ishchi guruhi jamoatchilik eshituvi doirasida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, “Ishga marhamat” monomarkazining hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilganlar tomonidan Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish asosiy vazifa ekanligiga e’tibor qaratildi.

Yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etildi. Loyihaning ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun o‘quv markazlaridan kelib tushgan arizalar soni 498 ta bo‘lib shundan 96 ta o‘quv markazi loyihada ishtirok etish uchun tasdiqlangan. Tasdiqlangan o‘quv markazlarining barchasida “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Ikkinchi mavsumda ishtirok etish uchun jami 16 142 nafar yoshdan arizalar kelib tushgan. Shunday 9 889 nafar yoshlar loyihada o‘qishi uchun tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda 5 848 nafari o‘quv markazlarida tahsil olmoqda.

“Kelajak kasblari” loyihasi natijadorligi tahlil qilinganda kurslarni yakunlab daromad topayotganlar arxitekturaning 7 ta turi bo‘yicha 119 nafar, dasturlashning 11 ta turi bo‘yicha 322 nafar, dizaynning 3 ta turi bo‘yicha 102 nafar, zamoaviy kasblar turlari (SMM, buxgalteriya, mobilografiya, logistika) bo‘yicha 84 nafar yoshlar daromad topmoqda.

Ushbu yoshlar “Yoshlar daftari” tizimida yoshlar yetakchilari tomonidan har oy elektron monitoring qilingan bo‘lib, 1 milliondan 6-7 mln so‘mgacha daromad topmoqda.  Yil yakuniga qadar 10 ming nafar yoshlar loyihaga qamrab olinib, ularning davomatidan kelib chiqib kurs xarajatlariga jami 17 mlrd. so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

  • Ko'rildi
    34
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+