Jamoatchilik nazorati: mahallalarda faoliyat olib borayotgan oilaviy tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi

09.02.2024, 17:05

Jamoatchilik nazorati: mahallalarda faoliyat olib borayotgan oilaviy tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari hududlarda belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida muhim masalalarda o‘rganishlar olib bormoqda. Xususan, O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi vakillari hamda deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilik nazorati shaklida o‘rganishlarni boshladi.

Jumladan, ishchi guruh vakillari Termiz shahri "Shifokorlar" mahallasidagi  oilaviy tadbirkorlarning faoliiyatini ko‘zdan kechirib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

Partiya vakillari va deputatlar shu mahallada yashovchi Bakir Eshqobilovning xonadonida bo‘lishdi. Tadbirkor "Malika Quality Food" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etib, xonadonida "Smile" brendi ostida sanitar-gigiyenik qog‘oz salfetka ishlab chiqarmoqda.

- Xitoydan uskuna olib kelib, sellyulozani qayta ishlaymiz, - deydi Bakir Eshqobilov. - Hozirda oila a’zolarim bilan birga mahalladoshlarimdan 3 kishini doimiy ish bilan ta’minlaganmiz. Qog‘oz salfetkalarni Termiz shahridan tashqari, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi mijozlarga ham yetkazib berayapmiz.

O’rganish jarayonida endilikda tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, ish o‘rnini ko‘paytirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Buning uchun partiya vakillari tadbirkorga kredit olishda ko‘maklashishini bildirdi.

O’rganish ishlari davom etmoqda.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+