Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotning yana bir tarixiy natijasi

28.02.2024, 08:46

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotning yana bir tarixiy natijasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 2021 yildan boshlab anʼanaga aylandi. O‘tgan uch yil davomida tadbirkorlarning ko‘plab muammolari hal etildi.

O‘tkazilgan muloqotlar natijasida uch yilda 150 dan ortiq tashabbuslar inobatga olinib, zaruriy huquqiy hujjatlar bilan mavjud muammolar bartaraf etildi.

2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da biznes vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26 fevraldagi “Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi PF-39-son farmoni katta yaxshi yangilik bo‘ldi.

Mazkur farmonga ko‘ra, fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy jarima miqdori yengillashtirildi.

Huquqbuzarlik uchun taʼsir chorasi birinchi marta sodir etilganda avvalgi miqdorning 2 foizi, ushbu huquqbuzarlik 1 yil davomida takroran sodir etilsa 20 foiz miqdorida belgilandi.

Shu bilan birga, Soliq kodeksining 2271-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun shu kungacha qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarning 98 foizidan voz kechildisud va ijro ishlari tugatildi.

Bundan tashqari, ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha qo‘llanilgan jarimalarning 98 foiz qismi tadbirkorlik subyektiga qaytariladigan bo‘ldi.

Ushbu yangilik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqbuzarliklar uchun taʼsir choralarini liberallashtirish yo‘nalishidagi tarixiy islohotlarning yana bir asosi bo‘ldi.

Baxtiyor Ruxiddinov,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    44
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+