Deputat va yosh tadqiqotchi talaba-yoshlar bilan uchrashdi

28.02.2024, 10:59

Deputat va yosh tadqiqotchi talaba-yoshlar bilan uchrashdi

“O’zbekiston – 2030” strategiyasida yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar uchun ajratiladigan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish vazifalari belgilangan.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Yoshlar va yosh tadqiqotchilar” mavzusida davra suhbati  tashkil etildi.

Davra suhbatida tayanch doktoranti Venera Usenova “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari” nomli taqdimotida yoshlarga tayanch doktarantura, doktarantura va mustaqil izlanuvchilik, ilimiy maqolalarning ahamiyati va ularni qanday jurnallarda chop ettirish kerakligi haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi.

Shuningdek davra suhbatida Nukus shahar Kengashi deputati Iristi Quttimuratova ishtirok etib, yoshlarga oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari, xorijiy universitetlar, bugungi kunda yosh tadqiqotchilar uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o‘z fikrlari va takliflarini bildirib o‘tdilar.

Klara Xudaybergenova 

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    46
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+