Maslakdoshlarimiz partiya targ‘ibotida faol bo‘lmoqda

07.03.2024, 10:58

Maslakdoshlarimiz partiya targ‘ibotida faol bo‘lmoqda

Shayxontohur tumani “Ipakchi” MFY qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilotning navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda quyi bo‘g‘inning o‘tgan yilgi faoliyati tahlil qilindi.

E’tiborlisi, maslakdoshlarimiz shu mahalla hududida yolg‘iz yashovchi nuroniy otaxon va onaxonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda siyosiy kuch a’zolari safini kengaytirishda faollik ko‘rsatishdi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari saylandi.

Shuningdek, Chilonzor tumani “Beshchinor” MFY qoshidagi BPTning hisobot tadbirida “O’zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ustuvorliklar belgilanib olindi.  

O‘zLiDeP Toshkent shahar matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+