Tuman yoshlarining moliyaviy savodxonligi oshirildi

21.04.2024, 14:17

Tuman yoshlarining moliyaviy savodxonligi oshirildi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus tumanida tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi, tegishli soha vakillari, tuman yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Mirat Qasimov va bank vakillari banklar tomonidan jismoniy shaxslar uchun berilayotgan 5 milliondan 100 million so‘mgacha ajratilayotgan kreditlar, kredit turlari va shartlari, kerakli hujjatlar, “Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida moliyaviy tushunchalar, budjetlashtirish, tejash, investitsiya qilish kabi masalalarda tushuntirishlar berildi. 

Bundan tashqari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqdagi har xil pul mablag‘i bilan qiziqtiradigan turli xil aldovlarga uyinlarga ishonmaslik, pullarni omonatda saqlash, banklardagi omonatlar, subsidiya ajratish va ta’lim krediti bo‘yicha ham yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari bank sohasiga kreditga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+