Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yil 265,9 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan

18.04.2018, 11:36

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yil 265,9 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i  Kengesidagi  O‘zLiDeP  fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2018 yilgi ish-rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy bank Bosh boshqarmasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining hisoboti tinglandi.

Hisobotda o‘tgan yil davomida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ajratilgan kredit miqdori va tijorat banklar tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyozli kreditlar keng muhokama qilindi.  

– Yurtimizda tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Utambetov. – Masalan, bank tomonidan o‘tgan yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilib, ushbu sohaga ajratilgan kreditlar miqdori 2016 yilga taqqoslaganda 1,3 barobar ziyod bo‘lib, 861,4 mlrd so‘mga yetdi. Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan joylarda tijorat banklar filiallari tomonidan 265,9 mlrd so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

 Yig‘ilishda Iqtisodiyot vazirligining bosh mutaxassisi U.Tileo‘niyazovning ham axboroti tinglandi.

  – Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2018-2019 yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy bahosi 4,5 trln so‘mlik 313 ta loyihaning manzilli ruyxati ishlab chiqilgan, – deydi  U.Tileo‘niyazov. – Shundan sanoat sohasida 4 trln so‘mlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan 5700ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 200 mlrd so‘mlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan 700dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, qishloq xo‘jaligi sohasida 265,6 mlrd so‘mlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan esa 460 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

R.TINIBEKOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асем Сиримбетова 2018-04-28 11:34:20

Президент Ш.Мирзиёевнинг 2017 йилнинг 12 июль кунги ОМҚП депутатлари ва сиёсий партия вакиллари билан видео селектор тарзида ўтказилган йиғилишда ҳам O'zLiDeP партияси Иқтисодиёт, Молия ва Инвестиция қўмиталари билан фаолият олиб бориш кераклиги айтиб ўтилган эди. Юқорида қайд этилган тегишли вазирлик ва идораларнинг олиб бораётган ишлари билан танишиш бу партия билан янада ҳамкорликни такомиллаштиришда ўрни катта.


Fikringizni qoldiring

+