O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaymoqda

14.05.2024, 13:57

O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaymoqda

Jamiyatning siyosiy faol a’zosi sifatida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayogan Osiyo xotin-qizlari forumida qatnashar ekanman mintaqada xotin-qizlarning imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari va ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish, hozirgi zamonda davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning rolini mustahkamlash masalalarida tajriba almashish uchun o‘ziga xos muloqot maydoni yaratilayotganiga amin bo‘ldim.

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin – qizlarning ijtimoiy–siyosiy  faolligi oshib, so‘ngi 5 yilda ularni huquq va manafaatlarini himoya qilish hamda qo‘llab –quvvatlashga qaratilgan 80 ga yaqin normativ – huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O’zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rniga ko‘ra, O’zbekiston Jaxon bankining “Ayollar, biznes va qonun – 2024” indeksida eng ilg‘or o‘zgarishlarni amalga oshirgan jamiyat davlatlar qatoriga kirdi. Mamlakatda gender yo‘nalishida huquqiy islohatlarni amalga oshirilishi natijasida O’zbekiston indeksda maksimal 100 baldan 82,5 ball to‘plagani jamiyatimizda xotin-qizlarning rolini mustahkamlanib borayotganing yaqqol misolidir.

Forumning aynan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, biznes va jamiyatda ularning ishtirokini rag‘batlantirishda parlamentlarning o‘rni, genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish, moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishda gender tafovutni bartaraf etish, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish masalalariga alohida e’tibor qaratilyotgani bilan ahamiyatlidir.

Jamila Sayfutdinova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+