Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi

14.05.2024, 14:07

Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi

O’zLiDeP tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining Shayxontohur tumanida joylashgan mahallalarda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan tadbirkor ayollar tuman bosqichida bellashdilar.

Jami 12 nafar tadbirkor ayol tadbirga jalb etildi. Tadbirkor ayollar orasida, oilaviy tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, xunarmandlar, tikuvchilar, qandolat maxsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex rahbarlari, naqqoshu, yog‘och o‘ymakorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ayollarimiz ishtirok etishdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan milliy liboslar va kashtalar tikish bilan milliyligimizni butun dunyoga namoyon etib kelayotgan, yuzdan ortiq shogirdlarning bandligini ta’minlagan "Suzuk ota" mahallasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Kasimbayeva Madinaning ishlari hammani lol qoldirdi.

Shuningdek, tikuvchilik sirlarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan tadbirkorlar, turli hildagi gullar yasab, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar hamda qandolat mahsulotlari  ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex rahbarlarining ishlari yig‘ilganlar tomonidan samimiy kutib olindi.

Ayollar orasida yog‘och o‘ymakorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Abdurashidxonova Muslimaxon davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan  ruhlangan xolda o‘z faoliyatini boshlagani, ayollar bandligini ta’minlash, ularni daromad olib kirishlariga sababchi bo‘layotganidan mamnunligini aytdi.

Tadbirkor ayollarning faoliyatlari ko‘rik tanlovning nizomiga muvofiq baholandi. Unga ko‘ra, “Zamonaviy tashabbuskor  ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol”, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” kabi nominatsiyalar o‘z egalariga topshirildi.

 “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining Shayxontohur tuman bosqichida faxrli 3-o‘rinni har hil turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chikarishga mo‘ljallangan “Imon baraka lazzat” MChJ rahbari Murtazayeva Mavjuda egalladi. Tadbirkor ayol o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarini Toshkent shahridagi barcha “Korzinka savdo markaz”lariga yetkazib beradi va hozirgi kunda 15 nafar ayolni bandligini ta’minlagan.

2-o‘rin sohibasi esa nozik qo‘llari bilan yog‘ochga har hil turdagi naqshlarni tushurib san’at asari darajasiga olib chiqqan va hozirgi kunda  20 nafarga yaqin ayollar bandligini ta’minlagan “National art by muslima” brendi ostida faoliyat yurituvchi naqqosh Abdurashidxonova Muslimaxon munosib deb topildi.

Ko‘rik-tanlovning 1-o‘rin sohibasi Kasimbayeva Madinaga nasib qildi. Tadbirkor “SUZANI BY KASIMBAEVA” brendi ostida faoliyat yuritadi. Xozirgi kunga kelib shogirdlarining soni mingdan oshgan. Dunyoning deyarli barcha davlatlariga va o‘zimizning mahalliy bozorga turli xildagi matolarga milliyligimiz aks etgan, O’zbegimning milliy kiyimlari, kastyumlar, paltolar, sumkalar, sochiqlar, dasturxonlar tikib yetkazib beradi. Ishchilar soni 47 tani tashkil etadi va shu bilan birga  ishsiz  bo‘lgan nogironligi bo‘lgan ayollarni xonadonlaridan chiqmagan holda xomashyo mahsulotlarini yetkazib berish orqali ularni ham ish bilan ta’minlab kelmoqda.

Ishtirokchilar partiyaning esdalik sovg‘alari va diplom, tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+