Xalqaro tashkilotlar yurtimizda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etmoqda

16.05.2024, 11:43

Xalqaro tashkilotlar yurtimizda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etmoqda

E’tirof etishimiz kerakki, ilk bor Samarqand shahrida o‘tkazilgan Osiyo xotin-qizlar forumi butun mintaqa ayollarining muloqot maydoni, tajriba maktabi, hamkorlik tashabbuslari forumiga aylandi.

Bugungi kunda gender siyosatni amalga oshirish borasida  Osiyo davlatlarining o‘ziga xos tajribasi shakllandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tarixiy tashabbusiga binoan o‘tkazilgan mazkur anjuman doirasida yana bir tarixiy xujjat qabul qilindi.

Samarqand deklaratsiyasi gender tengligini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini mintaqada amalga oshirilishida katta yordam bo‘lishiga umid bog‘lanayotgani ham bejiz emas.

Aytish mumkinki keyingi yillarda gender tenglik bo‘yicha yurtimizda ijobiy natijalar nomoyon bo‘lmoqda. Xususan, O’zbeksitonda teng qiymatdagi mehnatga teng haq to‘lash joriy etildi, xotin-qizlarni sanoat korxonalari va xavfli deb topilgan ishlarga jalb qilish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Bu esa iqtisodiy sohada ham gender tenglik  borasida muvaffaqiyatga erishish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Qonun hujjatlarining majburiy gender-huquqiy ekspertizasini joriy etish va gender auditi institutini tashkil etish gender tengligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Yurtimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar xalqaro tashkilotlar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

Ming afsuski dunyoda yuz berayotgan ko‘plab  inqirozlar ko‘proq ayollar va qizlarga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani butun dunyo oldida turgan muhim masala ekanligi ham ayni haqiqatdir.

Forum doirasida “BMT-AYoLLAR” tuzilmasi direktori S.Baxus o‘z so‘zida butun dunyo ayollarining 60 foizi iqtisodiyotning norasmiy sektorida band ekanligi, daromad darajasi kam bo‘lgan davlatlarda bu ko‘rsatkich 90 foizdan oshganligi, ayollar orasida ishsizlik 50 foizni tashkil etayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, ular erkaklarga qaraganda 20 foizga kamroq maosh olayotganligi kabi muammolarga to‘xtalar ekan, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, rivojlanishni moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlarga gender muammosini kiritish, davlatlar iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni yuritishda gender jihatlarini hisobga olish masalalari mintaqada gender tenglikni ta’minlashda nihoyatda chuqur mazmunga ega ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Xulosa qilish mumkinki, gender tenglik — mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi muhim indikator.

Insonning asosiy huquqi ifodasi, balki tinchlik, farovonlik, barqaror rivojlanishga erishishning zarur asosi sifatida gender tenglikni ta’minlash davlatlar oldida turgan strategik masala.

Bu borada o‘zaro muloqot, xalqaro darajadagi do‘stona hamkorlik,  mavjud muammolarga o‘zaro imkoniyatlarni birlashtirish orqali yechim izlash samarali va natijador ahamiyatga egadir. 

Shahnoza Xolmaxamatova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    40
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+