Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li

16.05.2024, 12:23

Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li

Bugun mamlkatimizda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida joylarda ko‘plab amaliy ishlar olib borilyapti. Bunda yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlari ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti”, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Miyrat Qasimov va bir qator bank xodimlari bilan birgalikda  yoshlarning hayotida qiynayotgan muammolarni o‘rganish va tahlil qilish uchun Nukus shahar “Ishga marhamat” monomarkazida hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning biznes rejalari, muammolari bilan tanishdi.

Bugun odamlarni ish bilan ta’minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng samarali yo‘li - ularni kasb-hunarga o‘qitish ekani, mamlakatimiz tajribasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O’tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta’limni davom ettirishidan qat’iy nazar, ularga hayotida asqotadigan biror hunarni o‘rgatish, egallagan kasbi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Monomarkaz faoliyati asosan fuqarolarni  kasb-hunar, xorijiy til kurslari, raqamli texnologiyalarga o‘qitish, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumot o‘rnida mazkur markazda yiliga ikki minga yaqin tinglovchilar 20 ta kasb-hunar, 6 ta chet tillari va 5 ta IT texnologiyalar bo‘yicha o‘qish imkoniyatiga ega.

- Men o‘z biznesimni amalga oshirish uchun boshlang‘ich mablag‘larni qanday topsam ekan deb yurgandim. Bugun biz talim olayotgan mono markazga kelgan deputat va bank xodimlaridan juda ko‘p foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Asosiysi o‘z biznesimni boshlash uchun menga muammo bo‘lib ko‘ringan masalalar o‘z yechimini topdi. - deydi markaz tinglovchilaridan biri Xojariyazova Sarbinaz.

Uchrashuv davomida deputatlar va tegishli soha vakillari mazkur markazdagi yoshlar bilan yaqindan muloqot qilar ekan, ularning fikr va takliflari, murojaatlarini tinglab, o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdi.    

Klara Xudaybergenova

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+