Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi

17.05.2024, 10:55

Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil 5 apreldagi “2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi bo‘yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Jizzax viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jaxongir Sulaymonovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlab o‘tganidek, viloyatda 2023 yil hosili uchun qarorda belgilangan talablar ijrosi ta’minlandi. Jumladan, 2023 yil hosili uchun 90 ming gektar maydon 500 kg dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi, 58.5 ming gektarga granstar, 31,5 ming gektarga boshqa turdagi gerbitsitlar bilan begona o‘t, zang va boshqa kasalliklar hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi ishlov berildi. Natijada, qayd etilgan agrotexnika tadbirlarining maqbul muddatlarda amalga oshirilishi hisobiga 2023 yil hosili uchun ekilgan g‘alladan yuqori hosil yetishtirishga erishildi. Hosil yig‘ishtirilgan 90,0 ming gektar suvli maydondan 648 ming 190 tonna don yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha bir gektaridan 72 sentnerni tashkil etdi.

Shuningdek, hosildor urug‘ va ko‘chat navlarini, o‘g‘it va o‘simliklar himoyasi vositalarini joylarga yetkazib, dala yarmarkalarini o‘tkazish topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriqlar bo‘yicha viloyatda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agnetligi tomonidan 618.5 ming dona bulg‘or qalampiri, baqlajon, pamidor, qovun, tarvuz va oshqovoq ko‘chatlari fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib berildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda 182 ta baliqchilik xo‘jaliklari tashkil qilingan bo‘lib, ularga jami 8864 gektar (tabiiy 4461 ga, sun’iy 4403 ga) havza maydoni ajratilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralar tarzida o‘tgan yig‘ilishda deputatlar tomonidan mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, sohadagi muammo va kamchiliklar alohida ta’kidlab o‘tildi hamda mazkur masalani Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi Sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilgan ishlarni deputatlik va jamoatchilik nazoratiga olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+