Nukuslik ishbilarmon ayollar mahalla kesimida bellashdi

21.05.2024, 10:40

Nukuslik ishbilarmon ayollar mahalla kesimida bellashdi

Ishbilarmon, tadbirkor va fermer ayol-qizlarimiz yildan-yilga ko‘payib, o‘z sohasi bo‘yicha rivojlanib bormoqdalar. Mamlakatimizda keyingi yillari barcha sohalar singari xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga  ko‘tarildi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, bu bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida eng quyi bo‘g‘in – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim yaratilganligini alohida qayd etish lozim.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan milliy tajriba xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e’lon qilingan indeksida O’zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatimizda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 mingdan oshdi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Shu bilan birga, joylarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O’tgan yilning o‘zida “Ayollar daftari” bo‘yicha 1 trillion 234 milliard so‘m hisobidan qariyb 994 ming nafar xotin-qizning muammosi hal etilgan. 

Bu borada O’zLiDeP tamonidan tashkil qilinib kelayotgan «Ishbilarmon ayol» ko‘rik tanlovining saralash bosqichi mahallalarda tashkil qilinayotgani muhim ahamiyatlidir.

Nukus shahridagi “G’arezsizlik” va “Chimboy shoyxona” mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishildi. Bugungi kunda “G’arezsizlik” mahalla fuqarolar yig‘inida 6 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan bo‘lsa, shundan 2 mingdan ziyodini xotin-qizlarimiz tashkil etadi. Hududda 160 dan ziyod tadbirkorlarning 100 nafarini xotin-qizlarimiz ulushiga to‘g‘ri keladi. Mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, uyida bo‘sh turgan xotin-qizlarni kasbga hunarga, tadbirkorlikka jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilot vakillari birgalikda joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Partiya tamonidan tashkil qilingan mazkur ko‘rik tanlov mahalladagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan, faoliyatini endi boshlayotgan yosh tadbirkorlarimiz uchun ham tajriba maktabini o‘tamoqda.

 Partiya vakillari va hamkor tashkilot vakillari mazkur mahalladagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ularning orasidan eng munosiblari saralab olindi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    44
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+