Deputat sayyor qabuli: Buxorolik talabalarga yotoqxona zarur

21.05.2024, 11:02

Deputat sayyor qabuli: Buxorolik talabalarga yotoqxona zarur

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Hamidov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish maqsadida G’ijduvon tumaning Soktare MFYda aholi vakillari, yoshlar va ayollar hamda nuroniylar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholi vakillari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqot chog‘ida G’ijduvon tumanidagi Eshon ko‘prikdan Soktare MFYda joylashgan BuxDU o‘quv binosiga olib boruvchi yo‘l qatnov qismini ta’mirlash masalasi, S.Ayniy uy muzeyi holatini yanada yaxshilash, hudud atrofini obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi.

Shuningdek, mahalla nuroniysi nafaqadagi o‘qituvchi A. Hasanov tomonidan tumandagi universitet qoshida Akademik litseyni tashkil etish taklifi, nuroniylar masalalari bo‘yicha Soktare MFY rais maslahatchisi N.Fozilov tomonidan S.Ayniy muzeyi ahvolini yaxshilash masalasini hududiy dasturga kiritish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.  

MFY hududidagi BuxDU  o‘quv xonalarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, laboratoriya xonasidagi asbob-uskunalarni yangilash, talabalar yotoqxonasini qurib berish, o‘quv binosidagi mavjud kutubxona fondiga biologiya yo‘nalishlariga oid adabiyotlarning yetishmasligi kabi ko‘plab dolzarb masalalar ham sayyor qabul davomida muhokama etildi.

Sayyor qabul yakunida O.Xamidov tomonidan mavjud muammolar va bildirilgan takliflar o‘rinli ekanligi, ularni hal etish yuzasidan  tegishli tashkilot mas’ullariga deputatlik so‘rovi yuorilishi va ijrosi nazoratga olinishi ma’lum qilindi. 

  • Ko'rildi
    58
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+