Partiyamiz faoli 15 nafar ishsiz yoshlarni ishli qildi

24.05.2024, 11:45

Partiyamiz faoli 15 nafar ishsiz yoshlarni ishli qildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi hamda O’zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda "Shukron lady cook" qandolat sexida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi.

Bugungi kunda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Maqsad yoshlarni kelajakda o‘z o‘rinlarini topishi, ma’lum bir kasbni egallashi, eng muhimi mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha olishdir.

Bu borada partiya ham o‘z oldiga ustuvor maqsad va vazifalarni belgilab olgan bo‘lib, joylarda yoshlarni turli kasb-hunarga o‘rgatish, bizneslarini boshlashi va bandiligi ta’minlashda yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda.

"Shukron lady cook" qandolat sexi rahbari tadbirkor  Gulxayyo opa ham mahalladagi ishsiz xotin-qizlarining 15 nafarini bandiligi ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shdi. Faoliyatini yanada kengaytirib qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilgan.

 

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+