Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar g‘oliblik uchun jiddiy bahslashdilar

24.05.2024, 11:47

Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar g‘oliblik uchun jiddiy bahslashdilar

Ayni kunlarda O`zLiDePning istiqbolli loyihalaridan biri – “Ishbilarmon ayol – 2024” ko‘rik-tanlovining tuman va shaharlardagi mahalla bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Xo‘sh, bu yil loyihaning o‘ziga xos tomonlari nimalarda aks etmoqda?

- Ishbilarmon ayollarimizning zamon bilan hamnafasligi, oldingi yillarga nisbatan dunyoqarashi, siyosiy faolligi oshgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, so‘ngi yillarga mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikka keng imkoniyatalar yaratilib, ayniqsa, bu borada xotin-qizlar faolligiga alohida et’ibor qaratilmoqda. Partiyamiz ham ushbu islohotlarga hamohang tarzda tadbirkor ayollarni saralab, kashf etish hamda ularning tajribalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovini mahalla bosqichini yo‘lga qo‘ydi, - deydi O`zLiDeP  Navoiy  viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi rahbari  Shoira Nosirova.  – Loyihada  ishtirok etish istagini bildiruvchilalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ishbilarmon ayollarimiz faoliyat yuritayotgan sohalar, yo‘nalishlar jozibadorligi ham oshib borayotgani kishini quvontiradi, albatta.

Ayollarimiz qishloq joylarda nafaqat qishloq xo‘jaligi,  hunarmandchilik, tikuvchilik va boshqa shu kabi an’anaviy sohalarda faoliyat olib bormoqdalar, balki turizm, qurilish, servis yo‘nalishlarida ham o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rmoqdalar.

Hakamlar hay’ati ko‘rik-tanlov ishtirokchilari faoliyatiga baho berishda  ularning bilim darajasi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga asoslanganligi,  aholi bandligini ta’minlash, “Ayollar daftari”da ro‘yhatda turuvchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitish  borasida amalga oshirilgan ishlari, shuningdek, partiyamiz tomonidan o‘tkazilgan seminar va o‘quvlarda ishtirok etib kelayotganligi ham e’tibor qaratilmoqda.

Xususan. Konimex tumanida ham mazkur ko‘rk tanlovning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Unda 1-uringa Shurtepa MFYda faoliyat olib boruvchi Sadanova Shaxrizoda sazovor buldi va tanlovning tuman bosqichiga yullanmani qo‘lga kiritdi. Tadbir so‘ngida 10 nafar xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindi

  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+