O’zLiDePda YeXHT DIIHB ekspertlari bilan uchrshuv bo‘lib o‘tdi

29.05.2024, 17:14

O’zLiDePda YeXHT DIIHB ekspertlari bilan uchrshuv bo‘lib o‘tdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari mamlakatimizda bo‘lib turibdi. 

Joriy yilning 29 may kuni YeXHT DIIHB Saylovlar bo‘yicha departamenti katta maslahatchisi Keara Kastaldo va saylovlar bo‘yicha maslahatchi Kaxa Inaishvili O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov va partiya vakillari bilan uchrashdi.

Muloqotda partiya rahbari  mehmonlarga dastlab mamlakatimizda  turli sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ayrim qirralari xususida so‘zlab berdi. Xususan, o‘tgan yili yangilangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz tomonidan qabul qilinish jarayonlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning ishtiroki haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Suhbat jarayonida ushbu nufuzli tashkilot vakillari, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy dasturiy hujjat “O’zbekiston -2030” strategiyasiga ham e’tibor  qaratdi.

Uchrashuvda DIIHB missiyasining saylovlarni kuzatish natijalari bo‘yicha tavsiyalarini milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga hamda saylov bazasi qonunchiligini takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan jarayonlarda hisobga olish va joriy qilish masalalari muhokama qilindi. 2023  yil dekabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyaviy qonunining milliy saylov qonunchiligi va saylov tizimini umumqabul qilingan  xalqaro saylov standartlariga muvofiq yanada takomillashtirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

YeXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+