O'zA: Kichik sanoat zonasida 3 ming 200 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi
18.09.2017, 14:28

Prezidentimizning joriy yil 30-martdagi “Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-2018-yillarda bu yerda 106 million dollarlik 125 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu 3 ming 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Yangiyer kichik sanoat zonasida o‘tkazilgan muloqotda shu haqda so‘z yuritildi. Muloqot tadbirkor va fermerlarni mazkur kichik sanoat zonasidagi shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarish, hududda ishlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, mas’ul vazirlik va idoralar, Markaziy bank va tijorat banklari vakillari ishtirok etgan tadbirda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, Prezidentimizning kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmon, qaror va farmoyishlari hududlarni kompleks rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
– Prezidentimizning joriy yil 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Yangiyer kichik sanoat zonasi hududidan maqsadli foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha davlat tijorat banklari tomonidan taklif etilgan 131 loyihaning har biri bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi, – deydi Yangiyer kichik sanoat zonasi direksiyasi boshlig‘i H.Mannopov. – Ayni paytda viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 125 loyiha bo‘yicha 291 milliard 922 million so‘mlik yo‘l xaritalari ishlab chiqildi. 29 loyihaga 11 milliard 493 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Buning samarasida to‘qimachilik, charm-poyafzal, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari, meva-sabzavotni chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan 200 dan ortiq tadbirkorda sanoat zonasida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar katta qiziqish uyg‘otdi.
– Korxonamiz qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi toshkentlik tadbirkor F.Qalandarov. – Sanoat zonasidagi sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bu yerda tadbirkorlik qilish uchun barcha sharoit mavjud. Jumladan, barcha kommunikatsiyalar – suv, tabiiy gaz, elektr ta’minotini davlat o‘z zimmasiga olmoqda. Sanoat zonasida eng kam oylik ish haqining 2000 barobari miqdorida investitsiya kiritish belgilangan bo‘lib, hududning o‘zidagi tijorat banklari tomonidan kredit ajratilmoqda. Soliqlar bo‘yicha ham imtiyozlar berilgan. Menda ham Yangiyer kichik sanoat zonasida o‘z faoliyatimizni yo‘lga qo‘yish istagi paydo bo‘ldi.
Amaliy muloqotda ishtirok etgan o‘ndan ortiq tadbirkorlik subyekti bilan Yangiyer kichik sanoat zonasi direksiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Abdujalol Qayumov, O‘zA
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
PROTODAY.UZ: Elga kamarbasta deputat
13.11.2017, 19:19
-
Sayyor qabulda aytilgan muammolar deputatlar nazoratiga olindi
10.11.2017, 17:53
-
UPL.UZ: O‘zLiDeP deputatlari fuqarolar bilan onlayn muloqotini yo‘lga qo‘ydi
07.11.2017, 19:21
-
Uzbekistan24.uz: O‘zLiDeP e’tiborida nodavlat ta’lim muassasalari (video)
10.10.2017, 14:20
-
VODIYMEDIA.UZ: Deputat degani mana bunaqa bo‘ladi! Namanganlik deputat saylovoldi va’dasini deputat bo‘lgan kuni bajardi!
28.09.2017, 14:25
Bildirilgan fikrlar
Булоқбоши туман Кенгаши раиси Р.Носиров2018-07-16 15:55:33
Мухтарам Президентимиз томонидан “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тиббиётнинг бу йўналишида мавжуд муаммоларни тезкорлик билан ҳал этиш,нефрологик касалликлардан азоб чекаётган шахсларга тиббий ёрдам кўрсатиш тизимини сифат жиҳатидан яхшилашдан иборатдир.
O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раиси Искандар Рўзиев2018-07-16 09:03:53
Тиббиётга кўрсатилаётган этибор ҳозирги кунда жуда юқори бўлияпти жумладан муҳтарам Президентимизнинг 12 июлдаги “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилингани аҳолининг саломотлиги учун яна бир қулай имконият эканлигининг этироф этиш жоиз
У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-07-16 08:47:15
Президентимиз томонидан “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тиббиётнинг бу йўналишида мавжуд муаммоларни тезкорлик билан ҳал этиш,нефрологик касалликлардан азоб чекаётган шахсларга тиббий ёрдам кўрсатиш тизимини сифат жиҳатидан яхшилашдан иборатдир.