Deputat ko‘magi bilan ichimlik suvi tanqisligi bartaraf etildi

26.04.2018, 17:56

Deputat ko‘magi bilan ichimlik suvi tanqisligi bartaraf etildi

Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda parlament a’zolari joylarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazayapti. Prezidentimizning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qabul qilingan muhim hujjatlari ijrosini o‘rganmoqda. Bu galgi uchrashuvlarda deputatlar aholining manfaatlarini himoya qilishda ta’sirchan mexanizmlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishayotir.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharafutdinov Toshloq tumanining Axshak MFY va Tog‘lik MFY xududlaridagi ushrashuvlarda aholi tomonidan ichimlik suvi quduqlari ishlamayotganligi sababli ichimlik suv tanqischiligi sezilayotganligi aniqlandi. Ushbu muammo deputat aralushuvi bilan tumanning tegishli xizmatlari muammoni bartaraf etishga jalb etildi. Natijada, suv nasoslari yangilandi va uzoq kutilgan zilol suv yana oqa boshladi. Bu esa aholining quvonchiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, deputat Toshloq tumanida tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilganining guvohi bo‘ldi. Jumladan, poyafzal ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan «Maksfen-Ko» qo‘shma korxonasi rahbari Xasanboy aka yutuqlari va muammolari xaqida gapirib berdi. Ayrim mavjud muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlashib olindi.

Deputatning aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олтибоев Ўрол,Сурхондарё вилояти Партия мафкура бўлими2018-04-28 17:43:55

Депутатлар ўрнак олса арзийди


Ангор туман Давлат хизматлари маркази БПТ раиси Нурматова Нодира Нурматовна2018-04-27 09:13:50

Сув берган савоб дейишади халқимиз, бунақанги ибратли ишни амалга оширган партиямиз депутатига рахмат.


Hamroyev Murodullo2018-04-26 18:08:26

Xalqqa suv muammosini hal qilib berish katta natija va savobdir. Deputatlarimizning ishlarida omad va zafarlar tilaymiz. Xalq xizmatida bo'lishdan charchashmasin.


Fikringizni qoldiring

+