Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkor 17 sotix issiqxonadan yiliga salkam yarim milliard so‘m daromad olyapti

27.04.2018, 17:45

Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkor 17 sotix issiqxonadan yiliga salkam yarim milliard so‘m daromad olyapti

Kattaqo‘rg‘on tumani Kattako‘rpa mahallasida yashovchi Dilshod Mirzayev 10 yildan beri dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda 17 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan bu tadbirkor, yilning to‘rt faslida ham mumaygina daromad olib kelyapti.

– Issiqxonamizdan yiliga 3 marotaba hosil olamiz, – deydi tadbirkor. – Hozirda 8 va 9 sotixli issiqxonamizga 5 200 tup pomidor ko‘chati ekkanman. Har bir tup ko‘chat 6 kilogramdan hosil bersa, o‘rtacha 30 tonna hosil olaman. Ularni 5 ming so‘mdan sotadigan bo‘lsam, 150 million so‘m bo‘ladi. Issiqxonadan bir yilda 3 marta hosil olishning imkoni bor. Demak, 150 millionni uchga yana ko‘paytiring. Naqd 450 million so‘m bo‘ladi. 17 sotix issiqxonadan ana shuncha daromad qilaman. Shukrki, dehqonchilik qilib kam bo‘lmadik, orttirgan daromadimizga bolalarimizni o‘qityapmiz.

Ta’kidlash joiz, Dilshod Mirzayev “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomarqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida 20 dan ziyod uchrashuv va davra suhbatlarida ishtirok etgan.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1389
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Nurbek2018-05-11 13:26:44

Hammayam tomorqasidan shunday unumli foydala olsa o'zi uchun ham halq uchun ham foydali bo'lardi


Хазраткулов Жалилбек, Самарқанд вилояти Пастдарғом тумани O'zLiDeP депутатлик гурухи ижрочи котиби2018-05-08 09:00:45

Албатда томорқадан иссиқхона қилиб унумли фойдаланиш балки иссиқхона қилмасдан ҳам унумли фойдаланиш мумкин яни менда иссиқхона йўқда деб қараб турмаслик керак


Холбеков Исломбек, O’zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши Ташкилий-партиявий ишлар бўлими бош консультанти-БПТ билан ишлаш гуруҳи раҳбари 2018-05-01 10:24:14

–Томорқа нафақат қўшимча даромад манбаи, балки унинг фарзандларимиз тарбиясидаги роли ҳам катта. – Чунки томорқамизда болаларимиз ҳалол меҳнат қилиб, ўз кучи билан даромад топишни ўрганмоқда.


Nurali2018-04-30 22:48:33

Avvalam bor assalomu alaykum hurmatli OzLeDiP sizdan shuni iltimos qilaman men banklarga borganimda ular otangga bor onangga bor taxlilida boxonalar topishadi, shunaqangi boxonalar topganda odamni quli ishga bormidi beznis palnlarim juda katta shuning uchun bankga borganimda shu boxonalarni topishganda qaysi manzilga murojat qilsam buladi.


Жасур Миробод тумани2018-04-30 12:20:20

Иссиқхонадан яхши фойдаланар экан. Ҳамма таморқасидан шу йўсинда фойдаланса мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Қўзиева Зулфира2018-04-30 11:51:48

Дилшод Мирзаевдек меҳнаткаш инсонлар кўпайишига ишонамиз ва уларга ҳавас қиламиз


Джураев Рузимурод Каттақўрғон туман Кенгаши Раиси2018-04-30 11:27:30

Дилшод Мирзаев каби томорқа эгаларини албатта қуллаб қуватлашимиз керак.Ҳеч қандай кредит маблағларисиз ўз оилавий бизнесини йулга қуйган саховатпеша йигит.


ЁШЛИК ТШ Хислат БПТ2018-04-29 21:32:52

Хозирда таморкалардан унумли фойдаланиш долзарб мавзуга айланди.Бунда нафакат бюджетга фойда колаверса иш уринлари яратилади.Бундай ташаббус хар тамонлама куллаб кувватланмокда.


Нуруллаев Саидмурод Каттақўрғон шахар Кенгаши аьзоси!2018-04-29 01:12:55

Каттакургон халки мехнаткаш хамда тажрибалидир


Олтибоев Ўрол ,Сурхондарё2018-04-28 17:37:55

Бу тажрибани кенг миқиёсда оммалаштириш зарур


Fikringizni qoldiring

+