O‘zLiDeP vakillari Qiziltepadagi “Toshrabot textile” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi

10.05.2018, 17:42

O‘zLiDeP vakillari Qiziltepadagi “Toshrabot textile” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Navoiy viloyat Kengashi mas’ul xodimlari aholi, ayniqsa, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar bilan yaqindan muloqot qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Partiya faollari dastlab Qiziltepa tumanidagi “Toshrabot textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur korxona Turkiya, Xitoy va Tayvan davlatlaridan keltirilgan 300 ta zamonaviy tikuv mashinasi va 30 ta to‘quv dastgohi bilan jihozlangan. Texnologik jihozlar uchun qariyb 10 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi.

Shu yerning o‘zida korxona rahbari Ulug‘bek Fayziyev partiya faollariga korxonada yaratilgan shart-sharoitlar, klaster va konveyr usulining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

–Korxonamiz yiliga 6-6,5 million AQSh dollar qiymatidagi 6 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi korxona rahbari U.Fayziyev. – Ayni chog‘da 500 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qariyb 50 foizi xorijga eksport qilinadi. Shu kunlarda korxona faoliyatini yanada kengaytirib,  yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish harakatidamiz. Agar korxonaning navbatdagi bosqichi ishga tushsa yoshlar uchun yana 500 ta ish o‘rni yaratiladi.

O‘rganishlar davomida partiya xodimlari korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qulayliklar, soliq, bojxona tizimidagi o‘zgarishlar haqida tushunchalar berdi.

Shuningdek, partiya faollari tumandagi chorvachilikka ixtisolashgan “21 asr” fermer xo‘jaligida yirik shoxli nasldor mollar yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, partiya faollarining tashrifi davomida hech bir soha yoki yo‘nalish e’tibordan chetda qolmadi. Masalan, “Malikobod” qishlog‘ida yashovchi Ziyodulla Azizov va Izzat Axmatovlarga bog‘dorchilik, uzumchilik va asalarichilikni rivojlantirish, sohaga ilmiy va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1792
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жобборкул Тошкулов O'zLiDeP Ширин2018-05-16 09:32:16

15 май 2018 йил O'zLiDeP Сирдарё вилояти Кенгаши раиси У.Сотиболдиев ҳамда O'zLiDeP Аппарат рахбари Ф.Абдусаттаров ва Сирдарё вилоят депутатлари А.Бабабеков ҳамда Покиза Ахмаджановалар иштирокида Сирдарё Иссиқлик Электр Станциясининг йиғилишлар залида O'zLiDeP фаоллари билан депутатлик учрашуви ўтказилиб очиқ мулоқат ўтказилди. Мақсад келгусида Ширин шахрида жойлашган Сирдарё ИЭС ишчи ходимлари ўртасида O'zLiDeP аъзолар сонини янада жонли ошириш сафимизни купайтиришдан иборат.


Носирова Шоира2018-05-14 14:00:22

Халқимиз турмуш фаровонлигини янада ошириш, фаол тадбиркорлик бизнес фаолиятини инновацион ёндашувлар, илғор технологиялар асосида шакллантириб, бошқаларга ўрнак бўлаётган тадбиркор, фермерлар сиз албатта партиямиз ишончини оқлайсиз. Танловдаги ишлар эса олбатта юртимиз ривожига муносиб ҳиссасини қўшади.


Jasur Rustamov2018-05-11 17:23:03

Қизилтепа туманидаги “Toshrabot textile” масъулияти чекланган жамияти мамлакатимиз учун жуда катта фойда келтиради.


Томди тумани Керегетау ОФЙ БПТ раиси Е.Алайдаров2018-05-11 16:26:39

Қизилтепа туманидаги “Toshrabot textile” масъулияти чекланган жамиятининг фаолиятини уқиб чиқиб қизиғиб қолдим вилоятимизда шундай ишбилармонларнинг купаиши ишсизлар сонини камайтирада ва ахолининг даромадини кутаради.


O`zLiDeP Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби С.Холматова2018-05-11 15:42:51

Туманимизда мана шундай халқни дарди ва ташвиши билан яшайдиган тадбиркорларимиз борлигидан фахрланаман.


Мархабо х/ф БПТ2018-05-11 11:29:17

Яқинда ўз фаолиятини бошлаб, катта ютуқларга эришаётган “Toshrabot textile” масъулияти чекланган жамиятининг иш фаолдияти янада ривожланишини тилаймиз. Шунга ўхшаш ишлаб чиқариш корхоналари кўпаяверсин.


З.Қўзиева Фурқат туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-11 11:15:50

Аҳолини ижтимоий аҳволи яхшиланиши учун тадбиркорларимиз янада кўпайиши тарафдоримиз


Jo'rabek Aslonov2018-05-11 09:21:02

Qishloq joylarida xuddi shunday zavod va korxonalarning ko'payishi qishloqdagi aholi bandligini ta'minlashga katta hissa qo'shadi.


Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашиидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи ижрочи котиби, Шоира Эшбоева2018-05-11 08:31:20

Тўқимачиликда ишлаб чиқаришнинг замонавий усули кластер-конвейр асосида ишлаб чиқаришни йўлга қўйиб, муваффақиятга эришаётган тадбиркор соҳани тараққиётини янги босқичга кўтариш билан бирга аҳоли оғирини енгил қилиб, ишсиз аҳолини иш билан таъминлаш орқали юртимиз тараққиётига ҳисса қўшмоқда."Toshrabot textile" дан қизилтепаликлар мамнун.


Эрмаков Анвар Алиқулович O‘zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими фаол аъзоси2018-05-10 18:48:53

O‘zLiDeP Қизилтепа туманидаги “Toshrabot textile” масъулияти чекланган корхонасига Туркия, Хитой ва Тайван давлатларидан олиб келинган тикув машиналари корхонанинг иш самарадорлигини янада оширади.


Fikringizni qoldiring

+