Pul topish uchun xorijda ishlab kelayotgan marhamatlik B.Karimov O‘zLiDeP ko‘magida o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

12.05.2018, 13:02

Pul topish uchun xorijda ishlab kelayotgan  marhamatlik B.Karimov O‘zLiDeP ko‘magida  o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

O‘zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari yaxshi samara bermoqda.  Natijada o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz safi kengaymoqda.   

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Toshloq” mahallasida yashovchi Ibrohimjon Esonboyev ham partiya faollari ko‘magida o‘z biznesini boshlagan yurtdoshlarimizdan biri. Yaqinda o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etgan fuqaro allaqachon limonariya tashkil etishga ham ulgurdi. Bo‘sh qolgan yerga esa turli rezavorlar ekdi.

– 2 sotixlik yer maydonida yaxshi niyat bilan issiqxona barpo etdik, – deydi I.Esonboyev. – Kelgusida issiqxona maydonini yanada kengaytirib pomidor, bodring va boshqa turdagi mahsulotlarni yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Partiya faollariga rahmat, ularning tashabbusi bilan barpo etgan issiqxonamizda farzandlarimiz ish bilan ta’minlandi, mehnat qilishni o‘rganmoqda.

 Rovvot mahallasida yashovchi Bahodirjon Karimov ham yaqinda tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlardan. Hozirga qadar qo‘shimcha daromad topish uchun o‘zga yurtlarga sarson-sargardon yurgan fuqaro endi partiya ko‘magida o‘z hovlisida issiqxona tashkil etdi.   

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida shuningdek, Andijon tumani “Xakan” mahallasidagi “Sharq yulduzi” ko‘chasida ham amaliy muloqotlar olib borildi. Uchrashuvlar davomida aholiga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha  zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.

Abrorbek XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жиззах шаҳар Кенгаши Ижрочи котиби Мелибоева Маъмура Толиповна2018-05-17 13:55:28

“O‘zLiDeP бошланғич ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида олиб борилаётган тарғибот ишларида томорқа қўшимча даромат манбаи эканлиги тўғрисида барча хонадон эгаларига алоҳида тушинтириш ишлари олиб борилмоқда.


Зебинисо Қурбонова, Сурхондарё вилояти2018-05-15 16:46:33

“O‘zLiDeP бошланғич ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида барча вилоятлар ва туманларда қатор ишлар амалга оширилмоқда. лойиҳа доирасида қатор оилаларга кўмаклашилиб уларнинг муаммолари партия депутатлари ва фаоллари ёрдами билан ечим топмоқда.


Зухра Хайдарова Избоскан туман Кенгаши ижрочи котиб2018-05-15 13:17:28

Партия туман кенгаши ходимлари томонидан фукароларга томоркачиликни ривожлантириш буйича тушунтиришлар бериш яхши натижа бермокда


Azimjon Abdikarimov Mirzo Ulug'bek tumani O'zLiDeP " Yoshlar qanoti" faoli. 2018-05-15 09:31:58

Avvalam bor barchaga Assalomu Aleykum. Hozida partiya faollari tomonida qilib kelinayotgan ishlar taqsinga loyiq. Ammo aynan men o'zim tomorqani rivojlantirish bo'yicha kridit masalasida bankga murojat qildim va menga ular uchun taqdim etiladigon hujjatlar ro'yhatini tuzib berishdi. Bilasizmi oddiy bir qishloq aholisi bo'lgan inson bu hujjatlarni yig'ishga vaqti ham imkoni ham yetar ammo bank so'rayotga kafillik qiluvchi odam yoki garov uchun qo'yiladigan shaxsiy mulk ko'pchiligida yo'q. Bunday imkoni borlar qishloq aholisining 10 -20% ni tashkil qiladi. Bu kriditni olgan inson tomorqasi uchun olinadigan barcha kerakli narsalar bank tomonidan pul o'tkazish yo'li orqaliy harid qiladi.


Нарпай туман Кенгаши аппарати раҳбари Юсупов Қодир2018-05-15 09:28:36

Томорқа қўшимча даромат манбаи эканлиги ҳозирги кунда барчамизга аён ҳақиқатга айланди. Бу борада фуқароларимизга тўғри тушунчалар берсак албатта улар ўз уйларида томорқасидан унумли фойдаланган ҳолда ҳам бандлиги таъминланади ҳам оила бюджети мустаҳкамланади.


Шариф Мамарахимов, O‘zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши ҳузуридаги СТМ раҳбари2018-05-15 09:11:11

Томорқадан унумли фойдалансак юртимиз янада гуллаб-яшнаши аниқ. Ҳорижда ишлаб юрган ватандошларимиз ҳам ўз уйида, бола-чақасининг ёнида бўлишса қандай яхши.


Одил Эркабоев-Данғара туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-15 07:33:57

"Ерни боқсанг-ер сени боқади" деган мақол бор халқимизда. Деҳқончилик маданиятимизни ошириб, ҳар бир қарич ердан унумли ва оқилона фойдаланиб, Россияда қиладиган меҳнатимизни шу еримизга сарфласак Россияга боришнинг ҳожати қолмайди.


Одил Эркабоев-Данғара туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-15 07:33:57

"Ерни боқсанг-ер сени боқади" деган мақол бор халқимизда. Деҳқончилик маданиятимизни ошириб, ҳар бир қарич ердан унумли ва оқилона фойдаланиб, Россияда қиладиган меҳнатимизни шу еримизга сарфласак Россияга боришнинг ҳожати қолмайди.


Азат Шимбергенов - O'zLiDeP Нукус шаҳар Кенгаши қошидаги "ЕВРО-СТРОЙ" МЧЖ БПТ раиси2018-05-14 23:39:20

O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ташабуси билан ҳудудларда амалга оширилаётган “O‘zLiDeP бошланғич ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси бугунги кунда ҳалқимизнинг турмуш даражаси яхшиланишида ўз самарасини яхши кўрсаткичга эришаётганлигини кўришимиз мумкин.


Назаров Голибжон Хайруллаевич2018-05-14 15:45:18

Хар бир фукора уз еридан унумли фойдаланса рассияга бориши шарт эмас


Fikringizni qoldiring

+