O‘zLiDeP faoli Asakada 2000 kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxona tashkil etdi

16.05.2018, 11:42

 O‘zLiDeP faoli Asakada 2000 kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxona tashkil etdi

Asakalik Qahramon Abduhalilov yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, adabiyot shinavandasi bo‘lgan bu ishbilarmon bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qilishni juda xo‘sh ko‘radi.

Partiya tuman kengashi tomonidan “O‘zLiDeP kutubxonalari” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir uning ezgu maqsadini amalga oshirishi uchun ayni muddao bo‘ldi.

Tadbirkorning sa’y-harakati bilan tez fursatda tumandagi madaniyat va aholi dam olish markazida 2 ming kitob fondiga ega kutubxona foydalanishga topshirildi.

Kutubxonaning ochilish marosimi ham chinakam kitob bayramiga aylanib ketdi. Marosim avvalida tashkil etilgan kitob yarmarkasidan yoshu keksaning dili ravshan tortdi, ko‘pchilik o‘zi istagan mavzudagi kitoblarni arzon narxlarda xarid qildi.

–Kutubxona odamlarning sevimli maskaniga aylansa, yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilsa, degan orzudaman, – deydi Q.Abduhalilov. – Kelgusida bu yerni kengaytirib kitobxonlar tanlovi, shoir-yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar kabi ma’naviy tadbirlar o‘tkazish niyatimiz ham bor.

Ta’kidlash kerak, yigit-qizlarni kitobxonlikka jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu kutubxona ayni damda yosh kitobxonlar bilan gavjum.

–Kelajakda shifokor bo‘lmoqchiman, – deydi tumandagi 10-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Guljahon Ergasheva. – Maktabimiz yonida tashkil etilgan kutubxona bilim va malakalarimizni yanada oshirishda asqotadi. Endi bo‘sh vaqtimda shu yerga kelib, qo‘shimcha dars qilish, badiiy kitoblar o‘qiymiz.

 Boburmirzo HOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman

 kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1707
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Б.Саидолимов. Хўжаобод туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-21 09:40:37

Дунёнинг етти мўжизаси хакида кўп гапирилади. Дунёнинг саккизинчи мўжизаси хам борки, бу мўжиза китобдир. Саккизинчи мўжиза олдида қолган етти мўжиза хеч нарса эмас.


Гулматова Мухаррам Мархамат тумани ижрочи котиби2018-05-17 15:40:08

Чека чека худудларда кутубхоналар очилса бўш юрган ёшлар кам бўлар эди


Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani G'alaba MFY BPT Darmonova Dinara 2018-05-17 11:39:32

Partiyamiz safida ma'naviyatga va kitobga ixlosmand tadbirkorlarning borligi bizni yanada quvontirdi .O'zLiDeP kutib xonalari loyhalari to'g'risida tashkil etilgan kutibxona barcha yosh tadbirkorlarni yanada faollikga chaqirib ularni harakatli, izlanuvchan bo'lishga undaydi va yordam beradi.


Жумақулова Нодира Бойбутаевна O‘zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ҳузуридаги "Тинчлик" БПТ раиси 2018-05-17 11:06:45

Партиямиз сафида маънавиятга ва китобга ихлосманд тадбиркорларнинг борлиги, бизни янада қувонтирди. “O‘zLiDeP кутубхоналари” лойиҳаси доирасида ташкил этилган ушбу кутубхона, барча тадбиркорларимизни янада фаоллика чақириб, кутубхоналар сафини кенгайишига ёрдам беради.


Холиқулова Феруза Жиззах вилоят Зафаробод туман Феруза тикув сехи БПТ раиси2018-05-17 10:01:10

Кутубхона одамларнинг севимли масканига айланса, ёшларни юксак маънавиятли инсонлар этиб тарбиялашга хизмат қилса, деган орзулари рўёбга чиқишида тилакдошман.


Гулзор махалласи худудида жойлашган 12-сонли мактаб2018-05-16 18:11:34

Кутубхона қурган тадбиркорларимизга солиқ имтиёзлари берилса қандай бўларкин?


Навоий шахар биржа номли БПТ2018-05-16 18:03:14

“O‘zLiDeP кутубхоналари” лойиҳаси жойларда китобхонларга янада қулайликлар яратмоқда


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-16 18:02:26

Китобга ошно инсондан ёмонлик чиқмаслиги айни хақиқат. Мана шундай лойиҳалар орқали китобхонлар сафини кенгайтириш энг асосий мақсадларимиздан бири.


Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-05-16 18:01:56

Китоб-маънавият кўзгуси.Китобхонлик маданиятини янада юксалтириш зарур.


Танирбергенов Байрамбай2018-05-16 17:17:43

Китоб инсоннинг маънавий дунёси юксалишида катта хизмат қилади. Мана шундай ҳайрли ишларни ташкил этган тадбиркоримизнинг кейинги ишларида омад тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+