O‘zLiDeP sayyor qabuli: partiya faoli ko‘magida Xonobodda xususiy MTM qurib beriladi

16.05.2018, 15:41

O‘zLiDeP sayyor qabuli: partiya faoli ko‘magida Xonobodda xususiy MTM qurib beriladi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Quva tumanidagi Xonobod qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etdi.

Unda tumandagi 4 ta sektor vakillari, xalq deputatlari viloyat, tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shu hududda yashovchi Rohila Rasulova chorvachilikni boshlash niyati borligini aytib, mutasaddilardan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati shu yerning o‘zida o‘rganilib, fuqaroga “Xalq bank” tuman filiali tomonidan 7 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Shuningdek, qabul davomida aholi tomonidan bir necha yillardan buyon qishloqda qarovsiz qolgan eski binoni yosh bolalar uchun shinam va ko‘rkam bog‘chaga aylantirish taklifi o‘rtaga tashlandi.

Ushbu murojaatni xususiy tadbirkor Izzatillo Mo‘minov o‘z zimmasiga olib, xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini qurib foydalanishga topshirmoqchi ekanini ma’lum qildi. Mutasaddilar shu yerning o‘zida mazkur binoni ajratib berdilar.

–Agar qishloqda xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi qurib bitkazilsa eng avvalo, yosh avlod kamoli uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz, – deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirasi Nargizaxon Mo‘ydinova. – Bundan tashqari, bu yerdagi qanchadan qancha ishsiz yoshlar, ayollar ish bilan ta’minlanib, oilaviy sharoiti yanada yaxshilanadi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlariga javob olarkan qishloqning muammolari yechilishiga katta ishonch bildirishdi.

Sh.TOLIPOVA,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1641
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-17 16:41:48

Сайёр қабул давомида фуқароларимиз ўзларининг ечимини топаолмаётган муаммоларига ижобий натижаларга эришмоқдалар


Мелибоева Маъмура Толиповна Жиззах шаҳар Кенгаши ижрочи котиби2018-05-17 14:47:01

Бола 70% билимини 5 ёшгача олади. Биз ота-оналар мана шу билимни олишлари учун фарзандларимизни шарт-шароитлар яратиб мана шундай МТМларига ўз фарзандларимизнинг тарбиясини ишониб топширишимиз мумкин. Барча худудларимизда манашундай намунали МТМлар кўпайишига тилакдошман.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-16 22:48:51

Bola boshlang'ich tayanch ta'limni MTMda oladi. MTM lar qancha ko'p va sifatli bulsa bu ayni muddao


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-16 18:00:21

Шундай тадбиркорлар кўпайиб мамлакатимиз гуллаб яшнайверсин


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-16 17:59:30

Жуда зўр янгилик.


Усто Азиз Зайниддинов корхонаси ,Хатирчи тумани партия фаоли2018-05-16 17:35:16

O‘zLiDeP Хатирчи туман бўлими томонидан Богишамол мфйдаги Саховат маданият ва дам олиш масканида ўтказилган Сайёр қабулда Навоий вилоят Микрокредит банкдан 100млн сум кредитни хамда Махалла хайрия жамгармасига ясаб берилган мебелларни қарийиб 7 млн сумни оломаётганлигим буйича қилган мурожаатим юзасидан партия ва туман кенгаши депутати Қ.Шопўлатовнинг кумаги билан мазкур муаммо хал булди .Бунинг учун Партияга ва депутатимиз Қосимжон Шопўлатовга ўз миннатдорчилигимни билдираман


Шоира Эшбоева, Навоий вилоят Кенгаши2018-05-16 17:16:38

Сайёр қабуллар ўтказиш орқали юртдошларимизни қийнаётган муаммолар ҳал қилинмоқда. Сайёр қабулларда қанча кўп муаммоларни ҳал қилсак бу келгуси фаолиятимизда партиямиз мавқеини янада оширади.


Аброр2018-05-16 16:01:04

Иззатилло Мўминовга ўхшаган тадбиркорларимиз кўпайсин


Fikringizni qoldiring

+