“Hovlidagi ekinlarning yashnab turishida mening hissam bor”, deydi 90 yoshli Shafoat aya

17.05.2018, 14:47

“Hovlidagi ekinlarning yashnab turishida mening hissam bor”, deydi 90 yoshli Shafoat aya

Tayloq tumani “Fayzobod” mahallasida o‘z tomorqasidan yaxshi daromad olib, ro‘zg‘orini to‘kin, turmushini obod qilayotgan omilkorlar ko‘p. Shu hududda yashovchi Erkin Rahimov ham 35 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil etib, barakali hosil olib kelayotgan ishbilarmonlardan biri.

Ayni chog‘da u rahbarlik qilib kelayotgan “Erkin Rahimov boshliq fermer ho‘jaligi”da makkajo‘rining iste’molbop navi yetishtirilmoqda.

–Yurtimiz bozorlarida makkajo‘horining bu naviga talab katta, ularni bozorga erta chiqarsak, ko‘proq daromad ko‘ramiz, – deydi  E.Rahimov. –Shu boisdan bu ekinni issiqxonada yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirda issiqxonamizda 10 ga yaqin yoshlar mehnat qilmoqda. Makkajo‘horining o‘zidan yiliga 100 million so‘mga yaqin daromad qilamiz. Shukrki,  xonadonimiz obod, ro‘zg‘orimizda baraka bor.

Tumandagi “Tepaqishloq” mahallasida yashovchi  Shafoat aya Normatova ham 8 sotixlik yerda dehqonchilik  qilib, shu mehnati ortidan katta ro‘zg‘orini obod etib kelmoqda. Hozirda onaxonning tomorqasida kartoshkaning yangi navlari yetishtirilmoqda. Oila vakillari tomorqasidan yiliga 4-5 tonna  kartoshka olib, 15 million so‘m foyda ko‘rishni mo‘ljallayapti.

– Hovlidagi ekinlarning yashnab turishida mening hissam bor. Bolalarimga  ekin ekinglar, chopiq qilinglar, deb aytmasam qilishmaydi, – deydi Shafoat aya. – O‘zLiDeP faollarining uyimizga kelib, tomorqadan samarali foydalanish hamda issiqxona tashkil etish bo‘yicha bergan zarur ko‘rsatmalari yerga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirdi. Kelgusida o‘z tomorqamizda issiqxona tashkil etib, qo‘shimcha daromad olish uchun ro‘zg‘orimizdan ortganini bozorga sotishni maqsad qilganmiz.

Ta’kidlash kerak, eng chekka hududlarga kirib borayotgan “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyatini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi hududda tadbirkorlar safini yanada kengaytirishda yaxshi samara bermoqda. Loyiha doirasida partiya faollari tumandagi 6 xonadonda bo‘lib, xonadon egalariga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, O‘zLiDeP viloyat Kengashi vakillari loyiha doirasida   Oqdaryo tumanidagi  “O‘zbekiston” MFY dagi “Bolta” qishlog‘ida yashovchi  Orif Daminov  xonadonida bo‘ldilar.

– Har yili ro‘zg‘or uchun zarur pomidor, bodring yoki boshqa rezavorlarni tomorqamizda yetishtiramiz, – deydi Orif Daminov. –Birorta mahsulotni ham bozordan sotib olmaymiz, ortganini sotamiz.

Uchrashuvda partiya faollari tomonidan tomorqachiga faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, issiqxona tashkil qilsa, kuz, qish fasllarida ham qo‘shimcha daromad topishi mumkinligi haqida tushunchalar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1086
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мирзоев Акмал Шарофиддинович2018-05-21 21:02:36

Томорка даромад манбаи


Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-05-19 09:18:47

Xalqimizning qarisi bor uyning parisi bor degan naqli bor.Mana shunday otaxon va onaxonlarning hayot tajribasi -biz uchun maktab bo'lmog'i zarur.


Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-18 22:34:56

Партия фаоллари томонидан томорқачига фаолиятини кенгайтириш учун кредит олиш, иссиқхона ташкил қилса, куз, қиш фаслларида ҳам қўшимча даромад топишидир.


З.Сапарова-Канликул тумани Канликул шахарча фукаролар йигини БПТ раиси2018-05-18 10:19:10

Хотин-қизларимиз уз уйини, хонодонини обод қилиш билан бирга томарқасидан ҳам унумли фойдаланиш буйича жуда катта ишларни амалга оширмоқда. O'zLiDePнинг «Томарқасида ўз тадбиркорлигини бошлаганларга кумокдош» лойиҳаси амалий ишларга туртки бўлди. Бизнинг маҳалламизда ҳам томарқасидан унумли фойдаланиб келаётган фуримиз жуда куп. Шундай хотин-қизларимиздан бири Б.Казақбаева партия тадбирида қатнашиб, фахрли ўринларни олишга эришди. Бу эса томарқадан унумли фойдаланиш учун бошқа маҳалладошларимизни ҳам қизиқтирмоқда.


O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-05-17 18:37:47

Томорқадан унумли фойдаланиш аҳолининг фаровон яшашини таъминлайди. Бу борада “O‘zLiDeP бошланғич партия ташкилотлари ўз томорқасида фаолиятини бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси ҳудудларда тадбиркорларни кўпайтиришга катта ёрдам бермоқда


Қосимжон Шопўлатов Хатирчи туман булими аппарат рахбари2018-05-17 17:38:54

Томорқадан унумли фойдаланиш буйича Шафоат аянинг тажрибасидан ва мехнат севарлигидан барчамиз урнак олишимиз керак .Онахонимиз умрлари ўзоқ булсин.


Малохат Рўзиева (Навоий шаҳар БПТ)2018-05-17 17:23:53

мен хам Норматова Шафоат аяга ўхшаб келажакда тадбиркорлик билан шуғулланиб етиштирган махсулотларимни четга експортини йўлга қўяман.


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-17 17:20:57

Норматова Шафоат ая кўрсатилган ёрдамдан сўнг ўз ниятларига етсинлар. Президентимиз айтганларидек халқ бой бўлса-давлат ҳам бой бўлади. Норматова Шафоат аяга омад.


Мадина Бекматова ЎзЛиДеП Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-17 17:00:39

Партия ташаббуси билан ташкил этилган “O‘zLiDeP бошланғич партия ташкилотлари ўз томорқасида фаолиятини бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси ҳудудда тадбиркорлар сафини янада кенгайтиришда яхши самара бермоқда.


Хазорасп Малика-Мохижон фермер хўжалиги раҳбари БПТ раиси А.Палванов 2018-05-17 16:59:07

Томорқа оила даромад манбаи томорқаси бор хар бир хонадан эгаси ўзи етиштираётган махсулотларни парваришлашса, одамни янада яхши яшаш учун харакат қилишга ундайди.


Fikringizni qoldiring

+