Namanganda 236 ta BPT raisi o‘z lavozimini tark etdi

18.05.2018, 18:11

Namanganda 236 ta BPT raisi o‘z lavozimini tark etdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 martidan 15 mayiga qadar O`zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Ularda tayanch nuqtalarning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, joriy yilda quyi bo‘g‘inlar oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, BPT faoliyatini kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq  natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Masalan, Namangan shahridagi “Namanganmexmash” OAJ, Uychi tumanidagi “Shaxnoza Master Klass” o‘quv markazi, Kosonsoy tumani “Chashmai safed” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan BPTda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlari ham ko‘tarinki ruhda o‘tgani bilan ahamiyatlidir.

–O‘tgan yig‘ilishlarda jami 23488 ta partiya a’zosidan 20087 nafari qatnashdi, – deydi O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Nosirjon Abdullayev. – Hisobot-saylov yig‘ilishlari davomida boshlang‘ich partiya tashkilotlari atroflicha o‘rganib chiqilib, 14 ta yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi. Eng muhimi, yig‘ilishlar davomida quyi bo‘g‘in yetakchilarining 696 nafariga yana qayta ishonch bildirildi, ishonchni oqlamagan 236 ta tayanch nuqtaga esa yangi raislar saylandi.

Umuman, yig‘ilishlar davomida boshlang‘ich partiya tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk rahbarlarni saylash orqali quyi bo‘g‘in faoliyatini jonlantirish, partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish masalasiga alohida e’tibor berildi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Наманган шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-29 14:26:46

Хисобот-сайлов даври БПТ учун йилдан йилга сархисоб бўлишидир,Бироқ бу сархисоб натижаси тахлил этилиб фаол БПТлар тақдирланиб борса мақсадга мувофиқ бўларди.


Сардор Исаев Янгиобод туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-05-19 11:26:40

Янгиобод туманида ҳам 3 нафар болшлангич партия ташкилоти раислари ҳисобот-сайлов йиғилиши даврида ўз вазифасидан озод этилди. Уларнинг ўрнига сайланган янги БПТ раисларига БПТ жонлантириш ва самарали фаолият юритишлари учун туман Кенгаши ҳодимлари томонидан амалий ёрдам кўрсатилмоқда.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 09:02:06

BPT lar partiyamizning tayanch bo'g'ini hisoblanadi. BPT lar faoliyatini jonlantirish borasida Uchquduq tumanida ham aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.


Fikringizni qoldiring

+