O‘zLiDeP deputati ko‘magida konimexlik Ilhom Sharipov bankdan 200 mln. so‘mlik kredit olib armatura ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

19.05.2018, 11:18

O‘zLiDeP deputati ko‘magida konimexlik Ilhom Sharipov bankdan 200 mln. so‘mlik kredit olib armatura ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari aholi, ayniqsa, tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etishga jiddiy bel bog‘lagan. Masalan, yaqinda partiya Navoiy viloyat Kengashi deputatlari tadbirkor Ilhom Sharipovga “Milliy bank” Malikrabot filialidan 200 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi. 

Tadbirkor ushbu mablag‘ni ishlab chiqarish binosida kerakli uskunalar olishga sarfladi va Erondan turli jihozlarni olib kelib o‘rnatdi.  Natijada “Navoiy Yevro Stal” kichik korxonasi armatura ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

– Mahsulotlarimizdan qurilish sohasida panjaralar, shuningdek, issiqxonalar qurishda keng foydalansa bo‘ladi, – deydi korxona rahbari Ilhom Sharipov. – Shu bois ularni sifatli, pishiq qilib yasashga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Ayni chog‘da korxonamizda 12, 14, 16 va 18 mm diametrdagi armaturalar tayorlanyapti. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Konimex tumanida 480 ming dollarga Koreyadan texnologiya keltirib, bir gektar yerga issiqxona qurmoqchimiz.

Ta’kidlash kerak, bugun korxonada ishchi-xodimlar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan. Masalan, ishchilar uchun uch mahal issiq ovqat tayyorlanadi. Xodimlarning oylik maoshlari ham vaqtida beriladi. Eng muhimi, uzoqdan kelgan ishchilar uchun yotoqxona ham yaratilmoqda.

Q.ASTONOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

 tashkiliy-partiyaviy

ishlar bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хумоюн Мусожонов Халқ депутатлари сух туман кенгаши ижрочи котиби 2018-05-21 15:50:48

Ҳозирги вақтда имтиёзли кридит олиш масаласи жудаям долзарб булиб қолмоқда. Ана шундай пайтларда бизни асосий кучимиз ҳисобланган депутатлар кумагидан фойдаланиб масалани ижобий ҳал қилайлик.


Примкулова Гуёхон Холматовна Учкуприк туман Кенгаши "Марказий шифохона"БПТ раиси2018-05-21 14:36:25

Тадбиркорга омад тилайман.Шундай тадбиркорларимиз купаяверса, ишлаб чикарилаётган курилиш материалларининг нархи хам орзонлашади деган умиддаман.


Абдурахмонова Фотима Махмудовна Учкуприк туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-21 14:31:04

Электоратларимизнинг муоммоларини хал килишда тинмай изланаётган депутатларимизга мингдан минг рахмат!


Жиззах Давлат Педагогика институти БПТ аъзоси Эсонқулов Вахобжон Саидқулович2018-05-21 10:02:55

Депутат бу катта куч эгаси, барча депутатларимизнинг иш фаолиятларига омад тиламан.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-21 09:45:07

Тадбиркорнинг кейинги фаолиятига омад тилаймиз.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-20 09:32:35

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзолари аҳоли, айниқса, тадбиркор ва ишбилармонларни ўйлантириб келаётган муаммоларни ҳал этишаётгани биз учун қувонарли ҳол


Н.Саимова Навоий вилояти2018-05-20 04:22:06

Тадбиркорлик фаолиятини бошлаган тадбиркорга омад тилайман. Келгусидаги режаси бу́йича янги йу́налиш фаолиятини йу́лга тушириб олишда улкан зафарлар тилайман.


Fikringizni qoldiring

+