O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng “Navro‘z” MFYda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21.05.2018, 16:46

O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng “Navro‘z” MFYda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Zarafshon shahar “Navro‘z” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda hudud ahli tomonidan kelib tushgan 10 ga yaqin muammo va takliflar mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganildi va ularning salmoqli qismi shu yerning o‘zida hal etildi.

Uchrashuv davomida hudud ahli nomidan so‘z olgan Gulnoza Bozorova Urajay bog‘dorchilik jamiyatidan shahar maktablariga qatnab ta’lim oluvchi o‘quvchilar fort rusumli mashinada qatnashi va mashina doimiy tirband bo‘lishini aytib, mutasaddilardan o‘quvchilarni shaharga qatnashi uchun avtobus ajratib berishda amaliy yordam so‘radi.

Uning murojaati Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari O.Hakimov va Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi N.Ochilov tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, muammoni ijobiy hal etishga kelishib olindi.

Shuningdek, qabul davomida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Normurod Rustamov 12-kichik tumandagi daraxtlarga zararli hashoratlar tushayotganidan shikoyat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi N.Ochilovga tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish vazifasi yuklandi. 

Ch.RADJABOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyati

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ангор туман Кенгаши фаоли Хазраткулов Фарход2018-05-22 16:19:31

Фукароларнинг узогини якин килган депутатларимизга рахмат


Турдиев Саидманас Жиззах вилоят Зафаробод туман O‘zLiDeP фаоли2018-05-22 15:27:36

O‘zLiDeP томонидан ўтказилаётган сайёр қабуларда кўпгина фуқароларни муаммолари ўз ечимини топмоқда бундан албатта халқимиз миннаддор бўлмоқда. Мен O‘zLiDeP фаолларига доимо халқ дуосини олиб юршлигини тилайман, ишларига ривож!


O‘zLiDeP Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi ijrochi kotibi J.Absamatov2018-05-22 13:20:26

Deputatlarimizni faolroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz tez-tez shunaqangi sayyor qabullar tashkillashtirib saylovchilari bilan uchrashib turishsa muammolar o‘z-o‘zidan yechimini topadi.


Н.Рузиева Навоий вилояти Учқудуқ тумани аппарат раҳбари2018-05-22 09:54:57

Сайёр қабулларнинг аҳолига наф келтираётганлиги қувонарли ҳол. Депутатларни янада фаолликка чорлаймиз.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-21 19:50:05

O'zLiDeP tashabbusi bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullar samarali va foydali bo'layotganligi ko'rinib turipti. Bunga yana bir misol Zarafshon shahridagi o'tkazilgan sayyor qabul.Ayniqsa o'quvchilarning maktabga qatnashida qulayli yaratilishi.


Навоий вилоят Кенгаши ходими Абдували Холиқов2018-05-21 18:30:21

Жойлардаги сайёр қабулларда кўплаб муаммоларга ечим топилмоқда. Бунда депутатларимизнинг ҳам ўрни бор албатта.


Навоий вилояти Конимех туман З.Айдарова2018-05-21 18:18:35

Бу каби натижавий сайёр қабуллар ахолимизнинг партияга ва депутатларга бўлган ишончини янада кучайтиради.


Навоий вилояти Конимех туман З.Айдарова2018-05-21 18:15:36

Сайёр учрашувлар орқали халқ ишончига кириши уларни оғирини енгил қилиши лозим.


Жиззах вилояти Фориш туман Кенгаши ижрочи котиби М.Искандарова2018-05-21 17:54:52

Муаммоларниг ҳал этилаётганидан депутатларимизга бўлган ишонч кўпаймоқда


Жиззах вилоят Дўстлик туман Кенгаши депутатлик гуруҳининг ижрочи котиби Исматова Нафиса2018-05-21 17:38:11

Сайёр қабулда келиб тушаётган муаммоларнинг ечимида депутатларимиз фаоллик кўрсатмоқда


Fikringizni qoldiring

+