Qaror ijrosini ta’minlash faqat davlat idolarining ishi emas...

23.05.2018, 10:54

Qaror ijrosini ta’minlash faqat davlat idolarining ishi emas...

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha bir yilda  6 milliard kilogrammga yaqin chiqindi tashlanadi. E’tiborlisi, uning faqat  30 foizigina qayta ishlanadi. Qolgani asta-sekin ona sayyoramizga yoyilib bormoqda.

Shunday bo‘lishi tabiiy. Chunki yildan-yilga yer yuzida aholi soni ko‘payib bormoqda. Tabiiyki ularning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi tovarlar ishlab chiqarilayapti. Bu esa chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizatsiyasi masalasini eng katta ekologik muammolardan biriga aylantirayapti.

Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan ta’minlanganligi darajasini oshirish, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish maqsadida “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Ta’kidlash joizki, qarorda sohani tubdan takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar o‘rin olgan. Ahamiyatli jihati 2018 yil 1 avgustdan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlar tadbirkorlik sub’ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib beriladi. Hududlarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirib berish elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi, jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.

Qarorning yana bir muhim jihati, unda chiqindilarni qayta ishlash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilganidadir. Bu juda to‘g‘ri va dolzarb masala. Boisi, chiqindini qayta ishlash metallni qazib olish yoxud qog‘oz tayyorlashdan ko‘ra anchagina arzonga tushishi amaliyotda isbotlangan. Qolaversa, buning natijasida atrof-muhit tozalanishi, inson salomatligi yaxshilanishi, tabiiy resurslar tejalishi, sayyoraning “o‘pka”si bo‘lmish o‘rmonlar kesilishiga oz bo‘lsada, hissa qo‘shilgan bo‘ladi.

Qaror bilan mamlakatimizda chiqindi muammosini bartaraf etish uchun, birinchi navbatda, tadbirkorlarimiz e’tibori mana shu sohaga qaratilayotgani juda katta amaliy qadam bo‘ldi, deyish mumkin. To‘g‘ri chiqindi muammosi bir qaraganda juda mayda va ko‘zga uncha tashlanmaydigan muammodek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin, bu borada tegishli chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, muammo global tus olishi turgan gap. Shu bois qarorda chiqindini qayta ishlaydigan korxonalar sonini ko‘paytirish bilan birga, rivojlangan mamlakatlardagi kabi uni saralash bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishga e’tibor qaratilayapti.

Bundan tashqari, sohaaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish nazarda tutilayapti. Xususan, 2018 yil 1 sentyabriga qadar aholiga atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus veb-portalni yaratish hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, qaror bilan hududlarni ifloslantirganlik uchun shaxslarni javobgarlikka tortishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqiladi, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytiriladi.

Xo‘sh, bu borada chet el tajribasi qanday? Misol uchun Germaniyada ko‘chaga o‘rnatilgan videokamera orqali maxsus qutiga tashlanmagan axlat uchun 100 yevrogacha jarima belgilangan. Shvetsiyada yerga tashlangan qog‘oz egasiga 90 yevro, Singapurda esa ana shunday e’tiborsizlik 300 dan 1000 dollarga jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi qaror ijrosini ta’minlash faqat davlat idoralarining ishi emas. Ona tabiatni asrash, uni keraksiz chiqindilardan tozalar har birimizning insoniy burchimizdir. Zero, toza havodan nafas olishimiz, yam-yashil kengliklarda xordiq chiqarishimiz, hech qanday kimyoviy moddalar aralashmagan mevalarni iste’mol qilishimiz va boshqa shu kabi masalalar tabiatga qanday munosabatda bo‘lishimizga bevosita bog‘liq. Shu bois ekologik madaniyatga rioya qilish, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiatga, uning ne’matlari, o‘simligu hayvonlarga, qushlarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash borasida befarq bo‘lmaylik.  

 Rahmatullo Kamolov

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Музработ туман Кенгаши "Экология" БПТ раиси Зулфиқоров Хуршид2018-05-24 17:30:33

Чиқиндиларни қайта ишлаш хозирги кунда глобал экологик муаммолардан бири бўлиб келмоқда. Хурматли “Президентимиз Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилиниши ахоли ўртасида экологик маданиятни оширишга хисса қўшади.


Музработ туман Кенгаши "Экология" БПТ раиси Зулфиқоров Хуршид2018-05-24 17:30:32

Чиқиндиларни қайта ишлаш хозирги кунда глобал экологик муаммолардан бири бўлиб келмоқда. Хурматли “Президентимиз Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилиниши ахоли ўртасида экологик маданиятни оширишга хисса қўшади.


Музработ туман Кенгаши "Экология" БПТ раиси Зулфиқоров Хуршид2018-05-24 17:30:31

Чиқиндиларни қайта ишлаш хозирги кунда глобал экологик муаммолардан бири бўлиб келмоқда. Хурматли “Президентимиз Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилиниши ахоли ўртасида экологик маданиятни оширишга хисса қўшади.


Музработ туман Кенгаши "Экология" БПТ раиси Зулфиқоров Хуршид2018-05-24 17:30:31

Чиқиндиларни қайта ишлаш хозирги кунда глобал экологик муаммолардан бири бўлиб келмоқда. Хурматли “Президентимиз Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилиниши ахоли ўртасида экологик маданиятни оширишга хисса қўшади.


А.Тиркашов O‘zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-24 12:09:41

Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарорини ахоли ўртасида тарғибот-ташвиқот ишларини олиб бориш лозим деб уйлайман.


Чулиева Мархабо. Самарқанд вилоят Кенгаши2018-05-24 11:36:28

Албатта чиқиндиларни қайта ишлаш ва уларнинг утилизацияси масаласини энг катта экологик муаммолардан бири ҳисобланади. Бу муаммонинг олдини олиш мақсадида ҳар биримиз аввало ўз оиламизда, маҳалламизда тарғибот ишларини олиб борсак, ён атрофдагиларга бефарқ бўлмасак, фарзандларимизни ҳам озодаликкка, саришталикка ўргатсакнур устига аъло нур бўлар эди. Халқимизда "Қуш уясида кўрганини қилади" деган нақл бор.


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-23 22:30:45

Ўзимиздан чиқаётган бундай чиқиндилар экология учун жуда катта таъсир кучига эгалигини доимо инсонларга, айниқса ёш авлотга тушинтириб бориш зарурдир.


Турдиев Асадулло O‘zLiDeP термиз туман Кенгаши ижрочт котиби2018-05-23 18:03:54

Атроф муҳитни тозалигини асраш хар биримизнинг бурчимиздир


Муродова Ифора (Навоий шаҳар БПТ)2018-05-23 17:57:49

"Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарорининг ижросини таъминлашда тегишли корхона ташкилотлардан ташқари Ватанини севадиган хар қандай фуқаро учун муҳим масала бўлиши лозим. Бундай ишларни жамоатчилик биргаликда яъни 7 ёшдан 70 ёшгача бўлган кишилари томонидан амалга оширилиши зарур. Партиямизнинг икки қаноти бўлган Ёшлар ва Аёллар қанотлари ҳамда бошқа бўлимлари томонидан ҳайрия акциялари яъни "Ўз уйингни ўзининг асра"шиори остида ўтказилса жуда мақсадга мувофиқ иш бўларди. Ахир ўзимиздан чиқаётган бундай чиқиндилар экология учун жуда катта таъсир кучига эгалигини доимо билишимиз зарурдир.


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-23 17:56:40

“Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори ўз вақтида қабул қилинди. Карорнинг мазмун-моҳиятини аҳолига етказиш ва жамоатчилик назоратини ўрнатиш керак


Fikringizni qoldiring

+