Partiya deputatlik guruhlari o‘z huquq va vakolatlaridan to‘liq foydalanishi shart

03.05.2017, 18:47

Partiya deputatlik guruhlari o‘z huquq va vakolatlaridan to‘liq foydalanishi shart

Shu kunlarda Namanganda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ­Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, shahar va tuman partiya tashkilotlaridagi tashkiliy-partiyaviy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, partiya tizimiga ishga yangi qabul qilingan hodimlar malakasini oshirish, asosiysi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta'lim markazi tomonidan  tashkil etilgan tadbirlarda Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar, kadrlar zaxirasini shakllantirish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va partiyaviy loyihalarni tashkil etishning samarali usullari, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash,  BPTni tuman (shahar) kengashlari bilan hamkorligini mustahkamlash, Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlaridan samarali foydalanish mexanizmlari haqida fikr almashildi.

– Tumanda tashkil etilgan o‘quv - seminari juda ham foydali va samarali bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP Mingbuloq tuman Kengashi apparat rahbari Azizbek Islomov. – Men ham bu vazifada ish boshlaganimga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun eng avvalo, bu tadbirdan o‘zim katta taassurot oldim. Kengash faoliyatini bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish, deputatlar, boshlang‘ich tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha tajriba o‘rgandim. Birgina Dovduq sanoat-transport kollejida uzoqdan qatnab o‘qiydigan  o‘quvchilar uchun yotoqxona qurish, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi  bir nechta muammolar bor ekan. Amaliy mashg‘ulotlar davomida bu muammolarni bartaraf etishda boshlang‘ich partiya tashkiloti va deputatlarning ishtiroki masalasi muhokama etildi, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan kollej o‘qituvchilari ham O‘zLiDeP dasturiga qiziqib qolishdi. Quvonchlisi, shu yerning o‘zida o‘qituvchilardan 5 nafari O‘zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi. Demak, targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonli, qiziqarli qilib tashkil etilsa, albatta natijasi bo‘larkan.

Baxs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminarda qatnashchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi. Jumladan, birinchi guruh a’zolari aholi o‘rtasida keng targ‘ibot olib borish orqali partiya a’zolari va tarafdorlari sonini ko‘paytirishga erishish, ikkinchi guruhdagilar xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan saylovchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish, muammolarni doimiy komissiyalar yig‘ilishlari, sessiyalarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish  yuzasidan  o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini himoya qildi.

–Xalq orasiga ko‘proq kirib borsak, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal etishga, xoxish va istaklarini ruyobga chiqarishga sidqidildan yordam bersak, ular davlatimizdan rozi bo‘lib, biz kabi deputatlarga ishonchlari yanada ortadi, – deydi xalq deputatlari Chust tuman Kengashi deputati Shukurjon Yuldashev. – O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan barcha darajadagi deputatlar o‘zlari saylangan hududlardagi aholi xonadonlarida bo‘lishib, joylardagi muammolarni hal etishga amaliy yordam bermoqda. Shu bilan birga tomorqalardan unumli foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali turmush farovonliklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiya va maslahatlar bermoqda.

O‘quv-seminarlari yakunida Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib,  partiyaning tuman (shahar) Kengashlari hamda deputatlik guruhlari ishini yanada rivojlantirish bo‘yicha  dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi Matbuot xizmati rahbari 

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1643
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Юнус Ҳамроев-Ғиждувон тумани ЎзЛиДеП туман Кенгаши фаоли2018-11-30 11:59:36

Ш.Мирзиёевнинг жойларда олиб борилаётган тадбиркорлик йўналишдаги ишларни кўриб уларга янгидан вазифаларни белилаши, мамлакатимизда тадбиркорлар муаммоларини ечилишида катта туртки беради.


Б.Исмоилов-ЎзЛиДеП Ғиждувон туман Кенгаши ижрочи котиби 2018-11-30 11:51:27

Президентимизнинг ташрифларидан кейин барча жабҳада ислоҳотлар янада жонланиб, халқимиз фаровонлиги сари янги йўналишлар очилади.


Ғ.Пўлотов-ЎзЛиДеП Ғиждувон туман Кенгаши аппарати раҳбари2018-11-30 10:41:31

Муҳтарам Президентимизнинг мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг жойларда амалга оширилишини кўриши ҳамда тегишли тавсия ва маслаҳатларини бериши Давлатимизнинг янада қудратли бўлишининг омили деб биламиз.


Fikringizni qoldiring

+