Istiqbolga erishgan korxona

30.05.2018, 16:38

Istiqbolga erishgan korxona

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “Uz-Dong Yang Ko” Uzbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi Pitnak filialida amaliy muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida korxona bosh direktori Azamat G‘afurov ishtirokchilarni korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi. Korxonada yaratilgan sharoitlar, yuqori darajada o‘rnatilgan tartib-intizom, ishchi-xodimlarning jo‘shqin kayfiyati yig‘ilganlarga katta taasurot qoldirdi.

– Korxonamizda “Damas” avtomobillari uchun ichki interer butlovchi qismlar ishlab chiqariladi, – deydi Sh. Habibullayev.– Yiliga 40 ming dona avtomobil butlovchi qismlarini “GM Uzbekiston” AJ Xorazm filialiga yetkazib beryapmiz. Ayni chog‘da korxonamizda 121 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Joriy yil aprel oyida ishchi-xizmatchilar uchun maxsus kiyim-bosh va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi tikuvchilik sexini ishga tushishi natijasida yana 10 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.   

– Korxonamizda ishchi-xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi mehnatni muhofaza qilish muhandisi Shavkat Matnazarov. – Xodimlarimiz har yili reja asosida Andijon viloyatidagi bosh korxonamizga borib malaka oshirib keladi. Qolaversa, mehnat ta’tili davomida sihatgohlarga yuborilib, moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mahsulotlarimizni sifat va miqdor jihatdan o‘sishiga, xodimlarni o‘z ishiga nisbatan qiziqishini oshishiga xizmat qiladi.

Ta’kidlash kerak, joriy yilning sentabr oyiga qadar korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, yoshlarni foydali mehnatga ko‘proq jalb qilish maqsadida korxonada bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.  

Yusupov YUSUPBOY,

O‘zLiDeP Xazorasp tuman

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-30 17:29:51

Шу каби қўшма корхоналар жойларда ҳам кўпроқ ташкил этилса ёшларни фойдали меҳнатга кўпроқ жалб қилишга эришамиз


Жиззах вилоят Зафаробод туман Пахта тозалаш корхонаси БПТ раиси А.Аллаев2018-05-30 17:08:29

Шундай амалий мулоқотлар куплаб ташкил килинса нур устига аъло нур булар эди.


"Нодир ўғли Камбарбек" фермер хўжалиги БПТ раиси Н.Жуманиязов 2018-05-30 16:57:21

“Уз-Донг Янг Ко” Узбекистон-Корея қўшма корхонаси каби корхоналар вилоятимиздаги барча туманларда ҳам ўз фаолиятини йўлга қўйса қандай яхши бўлар эди.


Fikringizni qoldiring

+