Hududiy seminarning ikkinchi kuni taassurotlarga boy bo‘ldi

01.06.2018, 17:31

Hududiy seminarning ikkinchi kuni taassurotlarga boy bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan Samarqand viloyat partiya xodimlari va deputatlik guruhi rahbarlarining malakasini oshirish uchun o‘quv-seminar tashkil etilmoqda.

Seminarning birinchi kunida siyosiy partiyalar va deputatlik faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va Farmonlari yuzasidan interfaol usulda savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilarning mahalliy Kengashdagi doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalariga masalani kiritish mexanizmi bo‘yicha bilimlari  sinovdan o‘tkazildi.

Seminarning ikkinchi kunida  Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishiga asosan, mamlakatimizda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyevning ma’ruzasi tinglandi.

–Bunday o‘quv-seminarlar partiya faolarining siyosiy bilimlarini yanada oshirishda yaxshi samara beradi, – deydi  Farhod Nabiyev. – Chunki har qanday davlat damokratik jamiyatni shakillantirishda fuqarolarining siyosiy va huquqiy   bilimlarini oshirishga ahamiyat qaratmog‘i kerak.

Seminarda shuningdek, partiya tuman kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik guruhi faoliyati yuzasidan maqolalar yozish bo‘yicha mutaxassisilar tomonidan tushunchalar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi mabuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдували Холиқов-Навоий вилоят Кенгаши депутатлик гуруҳлари билан ишлаш бўлими мудири2018-06-04 11:16:03

Семинарлар кўпроқ жонли тарзда бўлс, янгича услубда ўтказилса самара беради


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-06-04 10:35:38

Ҳаракатлар стратегиясининг бешинчи устувор йўналишига асосан, мамлакатимизда ташқи сиёсат соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар юзасидан маъруза қилган Самарқанд давлат университети профессори Фарҳод Набиев ўз сўзида демократик жамиятни шакиллантиришда фуқароларининг сиёсий ва ҳуқуқий билимларини оширишда O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси Сиёсий таълим маркази томонидан ўтказилган ўқув семинар жуда катта аҳамиятлидир. Ушбу семинардан барча туман шахар ходимларининг сиёсий билимларини янада оширишда яхши самара берди.


Xudayberdiyeva Mohidil Norboevna O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-06-02 16:25:23

O‘quv seminarni yangicha usulda o‘tilayotgani, bu albatta davr talabi.Yangilanishlar davrida yashayotgan ekanmiz, eski usullardan vos kechib, natija beradigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.Shundagina ko‘zlangan maqsadga erisha olamiz.


Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-06-01 23:15:58

Noananaviy tarzda o'tkarilayotgan bu o'quv seminari qatnashchilarda juda katta qiziqish uyg'otdi.Tumanlarda o'tkarilayotgan tadbirlarni ham mana shu tarzda o'tkazishga kelishib oldik.Tashkilotchilarga tashakkurlar.


Fikringizni qoldiring

+