O‘zLiDeP farg‘onalik tadbirkorning 10 gektar yer ajratish bo‘yicha murojaatini nazoratga oldi
04.06.2018, 17:49

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Uchko‘prik tumanidagi “Mashad” MFYda sayyor qabul tashkil etdi.
Unda tuman tibbiyot birlashmasi, elektr tarmoqlari korxonasi, bandlikka ko‘makmashish markazi hamda gaz idorasi vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida yakka tartibdagi tadbirkor Ixtiyorjon Tursunov avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ochmoqchi ekanligini aytib, yer maydoni ajratishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati joyida o‘rganildi va tadbirkorga tumandagi “Quqonboy” qishlog‘ida joylashgan tuman ximikatlar omboriga qarashli joy ijaraga beriladigan bo‘ldi.
“Niyozov Muxiddin Raxmonovich” MChJ rahbari M.Niyozov tut plantatsiyasi va kulolchilik sexi kurish uchun 10 gektar yer olmoqchi ekanini aytdi. Uning murojaati 2019 yil davlat dasturiga kiritilib, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Yigitaliyev tomonidan nazoratga olindi.
Ulug‘bek Ismoilov “Kurbozor” qishlog‘ida joylashgan “Oltin nihol” uyushmasiga qarashli 1 gektar foydalanilmay yotgan yerni yong‘oqzor qilish maqsadida murojaat qildi. Uning murojaati Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi N.Xaydarov tomonidan nazoratga olinib, “Oltin nihol” uyushmasi rahbari Sh.Boymurodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Shuningdek, qabul davomida tumandagi gaz, elektr energiyasi, yo‘l qurilish sohasidagi muammolar va ishsizlik masalalari bo‘yicha 20ga yaqin murojaat kelib chiqdi.
Shohista TOLIPOVA,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Мансуров Миҳиддин, Сўх-Дон МЧЖ БПТ раиси2018-06-08 10:11:18
O‘zLiDeP тамонидан утказилаётган Сайёр қабулларда тадбиркор ва фермерларининг муамоларини урганиб уларни партиявий воситалар билан этиш бу партиямизнинг асосий мақсади.
Қудратжон Хожиматов Риштон туман Кенгаши аппарат раҳбари, туман депутати2018-06-05 08:56:25
Сайёр қабулларнинг аҳолига наф келтираётганлиги қувонарли ҳол. Депутатларни янада фаолликка чорлаймиз. Партиямиз томонидан олиб борилаётган ислохатлар ахолини турмиш даражасини сезиларли даражада ошириб, худуд инфратузилмасини яхшилашга муносиб хизмат қилмоқда.