Quyi bo‘g‘in yetakchisi tashabbusi bilan Kosonsoyda ertapishar olma bog‘i barpo etildi

05.06.2018, 16:47

Quyi bo‘g‘in yetakchisi tashabbusi bilan Kosonsoyda ertapishar olma bog‘i barpo etildi

“O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, oilasi farovonligi, yurtimiz daturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shayotgan mehnatkashlar safi kengaymoqda. Kosonsoy  tumanidagi “Gurmiron” MFYda yashovchi Habibulloxon Abduazizov “Yoshlik” MFY qoshidagi quyi bo‘g‘in yetakchisi Alijon Qazoqov ko‘magida ertapishar olma bog‘i tashkil etdi.

– Anchadan buyon bog‘ tashkil etish niyatida edim, – deydi A.Qozoqov. – Mana partiya ko‘magida orzuyimga erishdim. 8 sotix yerda yaxshi niyat bilan bog‘ barpo etdik.  Hozirda 80 tup olma ko‘chatlari  parvarish qilinyapti. Nasib etsa, kelajakda 4 tonna olma hosili yetishtirishni rejalashtiryapmiz.  

Aytish joiz, ushbu loyiha asosida Kosonsoy tumanida 170dan ortiq xonadon vakillariga amaliy yordam ko‘rsatildi. 50 ga yaqin xonadonga urug‘ va ko‘chatlar olib berilgan bo‘lsa, 30dan ortiq uy egalariga bankdan kredit olishga ko‘maklashildi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шерзод Жўраев Поп туман Автомотохаваскорлар кўнгилли жамияти БПТ раиси2018-06-06 09:27:52

Ўз томорқасидан самарали фойдаланиб, оиласининг фаровонлигини таъминлаётган, шу билан бирга ўз ватани дастурхонини тўкин-сочин бўлишига хизмат қилаётган фаол юртдошлармиз доим бор бўлсин.


Шарифжон Давлатов Аскарали ота куп тармокли фермер хужалигидаги БПТ раиси2018-06-06 09:14:04

Наманганнинг олмасини Республикада хамма билади. Косонсойлик хамкасбларимизга офарин. Ишлашдан ва изланишдан чарчаманглар. Иложи булса шу олма навидан бир жуфт биз томонларга хам жунатиб юборсангиз.


Олимов Туймамат Қизилқиёқ БПТ2018-06-06 09:04:44

O‘zLiDeP бошланғич ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси ташкил этилганига оз мунча муддат утган булсаҳам лекин туманда БПТларда партия томонидан уз томарқасидан унумли фойдаланиб мумай даромад олиш йуллари урганиш натижасида аҳоли ўзининг томарқасидан самарали фойланиб келмоқда.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-06-05 19:50:59

Tomorqadan unumli foydalanish haqida bugungi kunda Prezidentimiz ham ko'p ta'kidlamoqda. Mehnat qilib daromad topsa oila to'kisligiga erishiladi. Zero oila farovon bo'lishida daromadning ham ozgina bo'lsada o'rni bor deb o'ylayman.


Астанов Қобил Насриддинович O‘zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-06-05 17:15:13

“O‘zLiDeP бошланғич ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида амалга оширилаётган ишлар самар бермоқда. Бугунги кунда ўз томорқасидан самарали фойдаланиб, оиласи фаровонлиги, юртимиз датурхони тўкинлигига ҳисса қўшаётган меҳнаткашлар сафи кенгаяверсин.


Бекматова Мадина ЎзЛиДеП Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-06-05 17:01:00

Тадбиркорларнинг қилаётган ишларини кенг аҳоли орасида кўпроқ тарғибот бўлиши мақсадга мувофиқдир.


Fikringizni qoldiring

+